TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

"Til millat ko'zgusidir" !!!

21 Oktyabr 2020
Ko`rildi: 277

"Til millat ko'zgusidir".

Dunyoda har-bir xalq, davlat borki ularning o'z ona tili bor. O'z ona tilini har bir inson sevadi, ardoqlaydi. Shunday ekan biz O'zbekiston xalqining ona tilimiz "O'zbek" tilidir. O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga ham bugun 31 yil to'libdi. Shu munosabat bilan bugun erta tongdan butun viloyat ahli Termiz shaxrida joylashgan buyuk bobokalonimiz "Alisher Navoiy" haykali poyiga gulchambarlar qo'yish uchun yig'ildilar. Aslida bunda ham katta ma'no bor. O'zbek tilining bugungi kungi darajasiga yetib kelishida Navoiy bobomizning xizmatlarini sizu-biz juda yaxshi bilamiz. Shu munosabat bilan Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali jamoasi ham filial direktori Jo'raev Abdug'affor Safarovich boshchiligida o'z xurmat va ehtiromlari na'munasi sifatida "Til mulkining sultoni" Navoiy bobomiz haykali poyiga gulchambar qo'yib qaytdilar.

https://www.facebook.com/toshdau.termiz

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

// //