TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

Qozon davlat agrar universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali oʼrtasida hamkorlik aloqalari yoʼlga qoʼyildi.

26 Yanvar 2021
Ko`rildi: 115

 

 

 

 

 

 

2021 yil 25 yanvarda Rossiya Federatsiyasining Qozon davlat agrar universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali o‘rtasida xalqaro hamkorlik aloqalari o‘rnatildi va hamkorlik memorandumi imzolandi.Endilikda filialining professor-o‘qituvchilari va talabalari Qozon davlat agrar universiteti bilan hamkorlikda turli ilmiy konferensiyalar,xalqaro loyihalar, simpoziumlar o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, filialning bitiruvchi talabalari Qozon davlat agrar universitetida magistratura va doktoranturada tahsil olish imkoniyati yaratiladi.

Qozon davlat agrar universiteti tarixi

1922 yil 22-mayda Politexnika instituti qishloq xo‘jaligi fakulteti va Qozon universitetining o‘rmonchilik fakultetini birlashtirish asosida Qozon qishloq va o‘rmon xo‘jaligi instituti tashkil etildi.

So‘nggi yillarda institut tarkibi bir necha bor o‘zgargan. Turli davrlarda mashg‘ulotlar zootexnika fakultetida, meva-sabzavot, agrotexnika sohasida olib borildi. 1995 yilda Qozon qishloq xo‘jaligi instituti qishloq xo‘jaligi uchun mutaxassislarni tayyorlash sohasidagi yirik o‘quv va ilmiy markaz sifatida akademiya maqomiga ega bo‘ldi.

Hozir Qozon davlat agrar universiteti yirik o‘quv va ilmiy markaz hisoblanadi. Universitet tarkibiga Iqtisodiyot instituti, Mexanizatsiya va texnik xizmat ko‘rsatish instituti va 2 fakultet kiradi: agrotexnika va o‘rmon xo‘jaligi va ekologiya.

// //