TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

"Mening sevimli adibim" va "Men sevib o‘qigan asar" mavvzusida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.

12 Fevral 2021
Ko`rildi: 48

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan 5 ta muhim tashabbus doirasida filial talaba-yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida "Mening sevimli adibim" va "Men sevib o‘qigan asar" mavvzusida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi. Tanlov ishtirokchilari Hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan shartlar asosida 5 ballik tizimda baholandi. Tanlov natijalariga ko‘ra fahrli 1-o‘rinni Meva-sabzavotchilik va texnologiya fakulteti 3-bosqich talabasi Xudayorova Rayhon, 2-o‘rinni  Meva-sabzavotchilik va texnologiya fakulteti 3-bosqich talabasi Jo‘rayeva Feruza hamda Agrobiologiya fakulteti 4-bosqich talabasi Xo‘shboqov Ramazon, 3-o‘rinni   Meva-sabzavotchilik va texnologiya fakulteti 2-bosqich talabasi Sadullayeva Gulmira va  Agrobiologiya fakulteti 2-bosqich talabasi Xo‘jamurodov Sodiqjonlar qo‘lga kitishdi. Ko‘rik-tanlov g‘olib va sovrindorlari filial rahbariyati tomonidan fahriy yorliq va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

// //