TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

АGRАR SOHАDА RАQOBАTBАRDOSh MUTАXАSSIS-KАDRLАR TАYYoRLАSh BOSh VАZIFАMIZ.

12 Iyun 2019
Ko`rildi: 72

АGRАR SOHАDА RАQOBАTBАRDOSh MUTАXАSSIS-KАDRLАR TАYYoRLАSh BOSh VАZIFАMIZ.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev huzurida joriy yil 24 may kuni taʼlim va ilm-fan sohasi vakillari bilan boʼlib oʼtgan yigʼilishda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialida 3-kurs talabalarini individual taqsimot asosida boʼlajak ish joylarida amaliyot oʼtashlarini taʼminlash, kelajakda bitiruvchilarning mutaxassisligi boʼyicha bandligini hozirdan tashkillashtirish hamda buyurtmachilar talablari asosida davlat taʼlim standarti, malaka talablari, oʼquv reja va dasturlarini takomillashtirish boʼyicha takliflar tayyorlash masalalariga bagʼishlangan amaliy konferentsiya boʼlib oʼtdi. Tadbirda Surxondaryo viloyat qishloq xoʼjaligi boshqarmasi, viloyat oʼrmon xoʼjaligi boshqarmasi, viloyat fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi kabi 20 dan ortiq kadrlar buyurtmachi tashkilotlar vakillari hamda ilgʼor koʼp tarmoqli fermer xoʼjaliklari rahbarlari, agroklasterlar mutaxassislari, ommaviy-axbort vositalari vakillari ishtirok etdi. Аnjuman amaliy ruhda oʼkazilib, bahs-munozaralarga boy boʼldi. Mazkur tadbirni kadrlar buyurtmachi tashkilotlar bilan kelishilgan holda har chorakda bir marta oʼtkazishga kelishib olindi.