TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

Yoshlarni taqdirlash

18 Iyun 2019
Ko`rildi: 94

Yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli oʻtkazish, ularni komil inson boʻlib yetishishlari uchun, buyuk kelajagimizni koʻzlab muxtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan beshta tashabbus ijrosi yuzasidan hamda 2018-2019- oʻquv yili yakuni boʻyicha yil hisoboti konsert dasturi TDAU Termiz filialida tashkil etildi. Ushbu tadbirni filialning barcha iqtidorli talabalarini tabriklab Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari F. Baxramov ochib berdi. Tadbirni filial direktori Ch. R. Begimqulov oʻz soʻzi bilan davom ettirib, filialning barcha tashabbuskor yoshlarini faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirladi. Tadbirga Termiz shahar yoshlar ittifoqi kengashi raisi J. Salohiddinov ham tashrif buyurib talaba yoshlarga oʻz ezgu tilaklarini bildirdi. Shundan soʻng tadbirning badiiy qismiga oʻtildi. Tadbir qiziqarli kuy qoʻshiqlar, raqslarga boy oʻtdi. Qatnashuvchilarda katta taasurot qoldirdi.