TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

BАYRАM TАBRIGI !!!

30 Iyun 2019
Ko`rildi: 100

 Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali direktori Chori Raxmanovich Begimkulovning 
30 iyunь - “Yoshlar kuni” munosabati bilan 
BАYRАM TАBRIGI !!!
Hurmatli talabalar, qadrli yoshlar!
Sizlarni hamda butun vohamiz yoshlarini mamlakatimizda keng nishonlanayotgan qutlugʼ ayyom – Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Mana shunday quvonchli kunda, avvalo, yurtimizda keyingi paytda yoshlar bilan ishlash boʼyicha mutlaqo yangi tizim yaratilgani, talaba-yoshlarimizning ijtimoiy faolligi, Vatan va xalq taqdiriga daxldorlik hissi kuchayib borayotganini, zamonaviy, demokratik Oʼzbekiston davlatini barpo etishda navqiron avlodimizning munosib ishtirok etayotganini barchamiz minnatdorlik bilan eʼtirof etamiz.
Yurtimiz kelajagi egalari boʼlgan yoshlarimizning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularning orzu-intilishlari, qobiliyat va salohiyatini roʼyobga chiqarish davlatimiz va hukumatimiz olib borayotgan siyosatining eng muhim va ustuvor yoʼnalishi boʼlib, bu yoʼlda ulkan ishlarni amalga oshirilayotganligi sizlarga yaxshi maʼlum, albatta.
Muhtaram yurtboshimiz tomonidan joriy yil mart oyidan boshlab ilgari surilayotgan 5 ta muhim tashabbus doirasida xususan Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialida bir qancha maʼnaviy-maʼrifiy, sport tadbirlari hamda koʼrik-tanlovlar oʼtkazildi. Gʼolib va sovrindor talaba-yoshlar munosib tarzda ragʼbatlantirildi.
Аlbatta, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilganiga hali koʼp vaqt boʼlgani yoʼq. Shunga qaramasdan, Ittifoq oʼtgan qisqa davrda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yoʼlida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik qiladigan muhim ijtimoiy tuzilmaga aylandi.
Bugungi kunda mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, uni innovatsion asosda rivojlantirish, oʼz oldimizga qoʼygan koʼp qirrali va murakkab vazifalarni amalga oshirish maqsadida biz zamonaviy va kreativ fikrlaydigan, har qanday vaziyatda ham masʼuliyatni oʼz zimmasiga olishga qodir boʼlgan, gʼayrat-shijoatli, intellektual salohiyatli yuksak, vatanparvar yosh kadrlarga davlat va jamiyat boshqaruvida muhim vazifalarni ishonib topshirmoqdamiz. 
Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialidan “PRAXX”, “LOGO” dasturlari asosida Germaniya Federativ Respublikasiga qishloq xoʼjaligi sohasi boʼyicha zamonaviy bilim va koʼnikmalarini oshirish maqsadida iqtidorli talaba-yoshlarimizdan 8 nafari amaliyot oʼtayotganligi, yana 12 nafar talaba-yoshlarimiz muvaffaqqiyatli tarzda suhbatdan oʼtib, ular ham xorijda amaliyot oʼtash uchun joʼnab ketish arafasida.
Qadrli talaba-yoshlar.
Bugungi bayram kunida barchamizning umid va ishonchimiz boʼlgan siz, aziz yoshlarning erishgan yutuqlaringiz bilan birga yangi vazifalar, yechimini kutib turgan kamchilik va muammolar hamda ularni bartaraf etish yoʼllari haqida soʼz yuritishimiz tabiiydir.
Oʼqish-oʼrganish, doimiy izlanish, ilm-fanga, taraqqiyot choʼqqilarini egallashga intilib yashash doimo hamrohingiz boʼlsin!
Men sizlarning har biringizga el-yurtimiz faxrlanadigan, jonajon Oʼzbekistonimizning munosib farzandi, haqiqiy inson boʼlish baxti nasib etishini tilayman. 
Sizlarni Yoshlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga yangi yutuqlar, baxt va omad tilayman.