TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

Abituriyentlar rekordi yangilandi: 78 yoshli otaxon talaba bo'lmoqchi.

10 Iyul 2019
Ko`rildi: 27

  Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialiga Surxondaryo viloyati, Angor tumani, “Ulugʻbek” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi, 1941 yil 13 aprelda tavallud topgan fuqaro Mamatqul Berdialiyev hujjat topshirgan.

 Maʼlum qilinishicha, birinchi yoʻnalish sifatida “Mevachilik va uzumchilik taʼlim yoʻnalishi”ni, ikkinchisi “Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik”, uchinchi esa “Issiqxona xoʻjaligini tashkil etish va yuritish" yoʻnalishlarini tanlagan.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidan maʼlum qilishlaricha, joriy yilda respublika Oliy taʼlim muassasalariga abituriyent sifatida roʻyxatga olinayotgan 50 yoshdan oshgan fuqarolar soni koʻpchilikni tashkil etmoqda. Bunga sabab bu yildan boshlab, yoshga doir cheklovlarning amal qilmasligi boʻldi.