TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

E'LON

24 Iyul 2019
Ko`rildi: 75

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali quyidagi vakant (boʼsh) ish oʼrinlari uchun kafedra mudiri, professor, dotsent, katta oʼqituvchi va oʼqituvchi lavozimlariga tanlov eʼlon qiladi.
Quyidagi kafedralarga mudir lavozimiga vakant oʼrinlar mavjud:
1. Oʼsimlikshunoslik, oʼsimliklar himoyasi va agrokimyo.
2. Oʼrmonchilik, dorivor oʼsimliklar va qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini saqlash.
Kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik boʼyicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʼlgan shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Kafedralarning vakant lavozimlariga quyidagi oʼrinlar mavjud:
Oʼsimlikshunoslik, oʼsimliklar himoyasi va agrokimyo kafedrasiga: oʼsimliklarni himoya qilish fani boʼyicha 1 nafar dotsent, 1 nafar katta oʼqituvchi; 1 nafar assitent; melioratsiya va yer tuzish fani boʼyicha 1 nafar dotsent; dehqonchilik fani boʼyicha 1 nafar dotsent. 
Meva-sabzavotchilik, uzumchilik, selektsiya va urugʼchilik kafedrasiga: botanika va oʼsimliklar fiziologiyasi fani boʼyicha 1 nafar dotsent, 1 nafar katta oʼqituvchi, 1 nafar assistent; biologiya fani boʼyicha 1 nafar dotsent, 1 nafar assistent; mevachilik va sabzavotchilik fani boʼyicha 1 nafar dotsent, 1 nafar katta oʼqituvchi, 1 nafar assistent; 
Oʼrmonchilik, dorivor oʼsimliklar va qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini saqlash kafedrasiga: dorivor oʼsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi fani boʼyicha 1 dotsent, 1 nafar katta oʼqituvchi, 1 nafar assistent; oʼrmonchilik fani boʼyicha 1 nafar dotsent, 1 nafar katta oʼqituvchi, 1 nafar assistent; qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnolgiyasi boʼyicha 1 nafar katta oʼqituvchi, 1 nafar assitent; agrobiotexnologiya fani boʼyicha 1 nafar katta oʼqituvchi;
Ipakchilik, tutchilik va innovatsion faoliyat kafedrasiga: qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalashtirish fani boʼyicha 1 nafar dotsent; 1 nafar katta oʼqituvchi; veterinariya fani boʼyicha 1 nafar katta oʼqituvchi; ipakchilik va tutchilik fani boʼyicha 1 nafar katta oʼqituvchi; chorvachilik fani boʼyicha 1 nafar katta oʼqituvchi;
Gumanitar fanlar kafedrasiga: oʼzbekiston tarixi fani boʼyicha 1 nafar katta oʼqituvchi; falsafa fani boʼyicha 1 nafar dotsent, 1 nafar assitent; dinshunoslik fani boʼyicha 1 nafar assistent; xorijiy (ingliz) tili fani boʼyicha 1 nafar katt oʼqituvchi, 1 nafar oʼqituvchi; rus tili fani boʼyicha 1 nafar katta oʼqituvchi, 1 nafar oʼqituvchi; pedagogika va psixologiya fani boʼyicha 1 nafar assitent, jismoniy tarbiya va sport fani boʼyicha 1 nafar assitent.
Matematika va tabiiy fanlar kafedrasiga: matematika fani boʼyicha 1 nafar dotsent, fizika fani boʼyicha 1 nafar dotsent, axborot kommunikatsion texnologiyalar fani boʼyicha 1 nafar katta oʼqituvchi; kimyo fani boʼyicha 1 nafar katta oʼqituvchi, iqtisod fani boʼyicha 1 nafar professor, 1 nafar dotsent, 1 nafar katta oʼqituvchi.
Professor lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga koʼra, professor ilmiy unvoniga yoki fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek tegishli mutaxassislik boʼyicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʼlgan shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga koʼra, dotsent ilmiy unvoniga, katta ilmiy xodim yoki fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik boʼyicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʼlgan shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Katta oʼqituvchi lavozimini egallash uchun tanlovda oliy maʼlumotga ega boʼlgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis), shuningdek ilmiy daraja (shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik boʼyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) va ilmiy unvonga ega boʼlgan hamda bunday daraja va unvonga ega boʼlmagan, biroq oʼqituvchilik, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga ega boʼlgan shaxslar ham qatnashishi mumkin.
Oʼqituvchi (assistent) lavozimini egallash uchun tanlovda tegishli mutaxassislik boʼyicha oliy maʼlumotga ega boʼlgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis) qatnashishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi hujjatlarni topshirishlari shart:
Pasport nusxasi.
Maʼlumotnoma (obʼektivka).
Kadrlarni hisobga olish boʼyicha shaxsiy varaqa.
Oliy maʼlumot toʼgʼrisidagi diplomlardan nusxalar.
Ilmiy daraja, ilmiy unvon, shuningdek, ilmiy ishlar va ixtirolar mavjud boʼlgan taqdirda, ularga tegishli diplomlar, attestatlar nusxalari.
Ilmiy ishlar roʼyxati.
Malaka oshirganligi toʼgʼrisidagi guvohnomalar.
 Murojaat uchun manzil: Termiz tumani, “Yangiobod” mahallasi. Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali maʼmuriyati, filial Kengashi kotibi: (93) 765 5478; E-mail: tdautf@edu.uz