TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

"Qishloq xo‘jaligida qiymat zanjirini rivojlantirish" loyihasi bo'yicha seminar-trening o'tkazildi.

27 Avgust 2019
Ko`rildi: 78

AQSh ning USAID xalqaro tashkilotining "Qishloq xo‘jaligida qiymat zanjirini rivojlantirish" ABC loyixasi bo‘yicha TDAU Termiz filiali professor-o‘qituvchilari, filialning Xalqaro aloqalar bo‘limi, USAID tashkilotiga a’zo fermer raxbar ayollar va talabalar Sherobod tumanidagi "Bog‘i xayol" va "GOLD AGRO FRESH" anor bog‘larida seminar-trening o‘tkazildi. Anorni etishtirish, saqlash va qayta ishlash bo‘yicha talabalarni qiziqtirgan savollariga fermer ayollar va professor-o‘qituvchilar tomonidan tegishli tushuncha va tavsiyalar berildi. Qishloq xo‘jaligida ayollar rolini oshirish bo‘yicha talaba qizlar bilan suhbat o‘tqazildi. Seminar-trening ertaga Angor tumanida davom etadi.