TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

2019-2020 o'quv yili boshlanishi oldidan bayram tadbiri o'tkazildi.

04 Sentyabr 2019
Ko`rildi: 51

Bugun erta tongdan Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali jamoasi yangi oʼquv yiliga qabul qilingan talabalarni munosib kutib olishdi. Tadbirda eng keksa abiturient, eng yuqori ball toʼplagan talabalar va uzoq viloyatlardan kelgan ota-onalar soʼzga chiqishdi. Talabalar tadbirning ikkinchi qismini, mustaqillik darslarida davom ettirishdi.