TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

Mustaqilligimizning 28-yilligiga bag'ishlangan bayram tadbiri o'tkazildi.

07 Sentyabr 2019
Ko`rildi: 103

Bugun 7-sentyabr kuni TDAU Termiz filialida Mamlakatimiz mustaqilligining 28-yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirni filial direktori Ch.R.Begimqulov o'z so'zi bilan ochib berib, barchani bayram bilan tabrikladi. Shuningdek ushbu tadbirda talabalikka qabul qilingan birinchi bosqich yoshlarga tantanali qasamyod qabul qilish marosimi o'tkazilib, ularga ramziy "Bilimlar kaliti" hamda talabalik guvohnomalari topshirildi. Bu esa har bir yigit-qiz yoshlarga butun umri davomida esda qolarli voqealardan biri bo'ldi desak mubolag'a emas... Yana bir bor barchani Mustaqillik bayrami, 1-bosqich talabalarini esa bugungi qutlug' ayyomlari bilan tabriklab qolamiz.