TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

1-OKTABR O'QITUVCHILAR VA MURABBIYLAR KUNI !!!

30 Sentyabr 2019
Ko`rildi: 62

1-oktabr o'qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozlar tantanali kutib olindi.

Iymon qayda edi, ustoz bo‘lmasa,

Urfon qayda edi, ustoz bo‘lmasa.

Sohibqiron qayda, Navoiy qayda,

Cho‘lpon qayda edi, ustoz bo‘lmasa!

Yo‘qsillar yurtiga dunyo keltirgan,

Sahrolar bag‘riga daryo keltirgan,

U yurtdan bu yurtga ziyo keltirgan,

Karvon qayda edi, ustoz bo‘lmasa!

Muallim atalgan, buyuk atalgan,

Ardoqlangan, mudom suyuk atalgan,

Olti asr avval ko‘kka qadalgan,

Narvon qayda edi, ustoz bo‘lmasa!

U shunday yashaydi, tug‘ilgan shunday,

Zarrasi behisob bir siqim qumday,

Mardlikdan dars olgan Jaloliddinday,

O‘g‘lon qayda edi, ustoz bo‘lmasa!

She’r bitsam, so‘z topib g‘amimni yegan,

Ko‘ngil deb atalmish zo‘r ilhom bergan.

Chor tarafi gulzor she’riyat degan,

Bo‘ston qayda edi, ustoz bo‘lmasa!

Shogirdlar kamolin ko‘rib baxtiyor,

Yurtga xizmat qilsa, tuyar iftixor,

Niyati, amali ezgu, ulug‘vor,

Inson qayda edi, ustoz bo‘lmasa!

Aziz ustozlar bayramingiz muborak bo'lsin !!!