TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

Talabalar qasamyodi bayram tadbiri !!!

08 Oktyabr 2019
Ko`rildi: 25

2019 yil 8-oktyabr kuni Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da  Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialining 1-bosqich  talabalarini oliy o’quv yurtiga moslashtirish maqsadida an’anaviy o’tkazilib kelinayotgan barcha fakultetlar o’rtasida “Talabalar qasamyodi” bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Bayram tadbirini  filial o’quv ishlari bo’yicha direktor o`rinbosari F.Baxromov o`z so`zi bilan ochib berdi. Shundan so`ng “Talabalar qasamyodi” bayram tadbirida 1-bosqich talabalarida talabalik baxtiga erishganligi bilan faxr tuyg’usini uyg’otish va talabalikka moslashtirish, vatanparvarlik, insoniylik, tinchlik, do’stlik, go’zallik va ezgulikka chorlovchi g’oyalar singdirilgan talabalar qasamyodi qabul qilindi. Ramziy bilimlar kaliti,  talabalik guvohnomasi, talabalar reyting daftarchasi professor o`qituvchilar tomonidan filialning birinchi bosqich iqtidorli talabalariga topshirildi.
Talabalar qasamyodidan so`ng tadbirning badiiy qismiga o`tilib, 1-bosqich talabalari tomonidan tayyorlangan kuy-qo`shiqlar, va raqs chiqishlari, satirik va yumoristik, badiiy-teatrlashtirilgan sahnaviy ko’rinishlari namoyish etildi.
Bayram tadbiri ilk talabalikka qadamlarini qo`ygan yoshlarga o`z vataniga, eliga, yurtiga bo`lgan cheksiz hurmat va iftixor na`munasi bo`ldi desak mubolag`a bo`lmaydi.