TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

"Til millat ko'zgusidir"

21 Oktyabr 2019
Ko`rildi: 50

Dunyoda har-bir xalq, davlat borki ular o'z ona tilida so’zlashadilar. Shu bois har bir xalq o’z ona tilini sevadi, ardoqlaydi. Shunday ekan bizning xalqimiz ya’ni O'zbekiston xalqining ona tili "O'zbek" tilidir. O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga ham bugun 30 yil to'libdi. Shu munosabat bilan bugun erta tongdan butun viloyat ahli Termiz shahrida joylashgan buyuk bobokalonimiz "Alisher Navoiy" haykali poyiga gulchambarlar qo'yish uchun yig'ildilar. Aslida bu tashabbus zamirida ham katta ma'no bor. O'zbek tilini bugungi kunda ko’plab xalqlar vakillari o’rganishmoqda. Bu o’zbek xalqining boy ma’daniy va ma’naviy me’rosga va qadim tarixga egaligidan dalolatdir. Shu munosabat bilan Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali jamoasi ham o'z hurmat va ehtiromlari na'munasi sifatida "Til mulkining sultoni" Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo'ydilar.