TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

KONSEPSIYA TАRGʼIBOTI...

22 Oktyabr 2019
Ko`rildi: 59

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi PF-5847-sonli Farmonining targʼiboti boʼyicha Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialida professor-oʼqituvchilar va xodimlar ishtirokida seminar oʼtkazildi.
Dastlab farmon mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, oliy taʼlimning joriy holati, mavjud muammolar, tizimni rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yoʼnalishlari, konsepsiyaning 9 ta yoʼnalishi taqdimot koʼrinishida ishtirokchilarga tushuntirildi. Seminar savol-javob, bahs-munozara shaklida davom ettirildi.
Seminar yakunida har bir assistent-oʼqituvchi va rahbar-xodimlarga Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2019 yilda amalga oshirish boʼyicha “Yoʼl xaritasi”ni fakultet va kafedralar kesimida ishlab chiqilishi hamda uni amalda bajarilishi uchun ma'sul ekanliklari yuzasidan koʼrsatmalar berildi.