TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi tantanalari davom etmoqda !!!

22 Oktyabr 2019
Ko`rildi: 43

22-oktyabr kuni Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialida O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani 30 yilligi munosabati bilan Agrologistika va biznes fakulteti dekani hamda bir qator iqtidorli talaba yoshlari tashabbuslari bilan "Til millat ko'zgusidir" deb nomlangan bayram kechasi o'tkazildi. Tadbirni filial O'quv va tarbiyaviy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari F. Baxromov o'z so'zlari bilan ochib berdilar. Shundan so'ng tadbirning badiiy qismiga navbat berildi. Turli xil sahna ko'rinishlari, baxru-bayt musobaqalari, kuy va qo'shiqlar, tilimizni ko'klarga ko'tarib madh etishlar qatnashchilarga iliq kayfiyat va tilimizning naqadar aziz va buyuk ekanligi hissini baxsh etdi. Tadbir so'ngida Agrologistika va biznes fakulteti dekani A. Turakulov so'z olib avvalo barchani O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi bilan tabriklab, barcha tadbir qatnashchilari va tashkilotchilariga o'z minnatdorchiligini bildirdi.