TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

Germaniyaning LOGO tashkiloti rahbari filialimizga tashrif buyurdi...

29 Oktyabr 2019
Ko`rildi: 33

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialiga Germaniyaning LOGO tashkiloti rahbari janob Hartwig Mennen Germaniyada amaliyot o`tash ishtiyoqida bo`lgan talabalar bilan suhbat olib borish maqsadida tashrif buyurdi, hamda talaba yoshlar bilan dastlab test sinovlari, undan so`ng esa individual tarzda suhbat olib bordi. Filialimizdan Germaniya federatsiyasida amaliyot o`tashga da`vogar bo`lgan 50 nafarga yaqin talabalardan 17 nafari dastlabki suhbatlardan so`ng tanlab olindi va Germaniya elchixonasida suhbatdan o`tish huquqini qo`lga kiritishdi.