TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

“Ustoz-shogird” maktabi asosida ilmiy tadqiqot ishlari bo'yicha uchrashuv bo'lib o'tdi.

14 Noyabr 2019
Ko`rildi: 24

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali Agrologistika va biznes fakultetida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda filial direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari N.Nurmatov, iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Sh.G‘afforov, Agrologistika va biznes fakulteti dekanining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari O.Xolmurodovlar ishtirok etishdi. Ilmiy-tadqiqotlar bilan shug‘ullanish niyatida bo‘lgan iqtidorli talabalarga viloyatimizda agrologistika, agrobiznes, dorivor o‘simliklarni yetishtirish va dastlabki ishlash, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash, ipakchilik va tutchilik, o‘rmon xo‘jaligi, issiqxona xo‘jaligi kabi sohalarda mavjud muammolar yechimiga qaratilgan ilmiy mavzularni biriktirish, ilmiy rahbarlar tayinlab, “ustoz-shogird” tizimi asosida ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish masalalari xususida fikr yuritildi. 1-kursga qabul qilingan iqtidorli talabalarga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishning o‘ziga xos jihatlari haqida tushunchalar berildi. Uchrashuvda talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.