TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

AQSHning USAID tashkilotining Markaziy Osiyo bo`yicha koordinatori Rayder Rojer filialimizga tashrif buyurdi.

02 Dekabr 2019
Ko`rildi: 197

Bugun Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialiga AQSHning USAID tashkilotining Markaziy Osiyo bo`yicha koordinatori Rayder Rojer tashrif buyurdi. Xorijiy mehmon filial ma`muriyati tomonidan tantanali ravishda kutib olindi. Shundan so`ng Janob Rayder Rojer Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialida USAID qoshida ochilgan “SOUTH AGRO GOLD” to`garagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. To`garak a`zolari bilan qiziqarli suhbat olib bordi. Talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Shundan so`ng AQSHning USAID tashkiloti hamda Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali hamkorligining ramziy belgisi sifatida Janob Rayder Rojer hamda filial direktori Abdug`affor Safarovich filialning ekin maydoni hududiga IN-vitro texnologiyasi asosida yaratilgan mevali olcha daraxti ko`chatlarini o`tqazdilar. Janob Rayder Rojer filialimizga USAID tashkiloti tomonida kompyuterlar jamlanmasi hamda printer qurilmasini sovg`a qildi.Bundan tashqari “SOUTH AGRO GOLD” to`garagiga qishloq xo`jaligiga oid bo`lgan kitoblar jamlanmasini sovg`a qildi. Shuningdek USAID bilan hamkorlikni yanada oshirish, istiqboldagi rejalar haqida kelishib olindi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Fatal error: Uncaught yii\web\HeadersAlreadySentException: Headers already sent in /home/tsautbuz/public_html/vendor/yiisoft/yii2/web/Response.php on line 414. in /home/tsautbuz/public_html/vendor/yiisoft/yii2/web/Response.php:366 Stack trace: #0 /home/tsautbuz/public_html/vendor/yiisoft/yii2/web/Response.php(339): yii\web\Response->sendHeaders() #1 /home/tsautbuz/public_html/vendor/yiisoft/yii2/web/ErrorHandler.php(135): yii\web\Response->send() #2 /home/tsautbuz/public_html/vendor/yiisoft/yii2/base/ErrorHandler.php(262): yii\web\ErrorHandler->renderException(Object(yii\base\ErrorException)) #3 [internal function]: yii\base\ErrorHandler->handleFatalError() #4 {main} thrown in /home/tsautbuz/public_html/vendor/yiisoft/yii2/web/Response.php on line 366