TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

“KORRUPSIYASIZ SOHA” loyihasi amalda.

20 Yanvar 2020
Ko`rildi: 81
        Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Oliy ta'lim tizimida korrupsiya holatlari hamda ularni keltirib chiqarayotgan sabab va shart-sharoitlar bo'yicha o'tkazilgan yig'ilish tafsilotlari hamda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar muhokamasiga bag'ishlangan rahbar-xodimlar, bo'lim boshliqlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va professor-o'qituvchilar ishtirokida yig'ilish o'tkazildi. Dastlab filial direktori iqtisod fanlari doktori, professor Abdug'affor Safarovich Jo'rayev Oliy ta'lim sohasida korrupsiya tarqalgan yo'nalishlar, holatlar va keyingi ikki yilda ta'lim jarayoni bilan bog'liq jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilganlar statistikasi bo'yicha ma'lumot berdi.
         Shuningdek, oliy ta'lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo'yicha jamoatchilik va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan filial jamoasi ishtirokida davra suhbatlari muntazam o'tkazib kelinayotganligi, sohada oylik-maoshlar oshirilayotganligi, rahbar-xodim va professor-o'qituvchilarni rag'batlantirish, ularga berilayotgan imtiyozlarga ham to'xtalib, halollik bilan xizmat qilish fursati allaqachon yetganligi, har bir rahbar-xodim va professor-o'qituvchi buni juda yaxshi anglashi zarurligini ta'kidlandi va korrupsiyaning har qanday ko'rinishlarini sodir etgan filial jamoasi a'zosi – u kim va qaysi lavozimda ishlashidan qat'iy nazar, unga nisbatan “Qonun ustuvor – jazo muqarrar”ligi ta'minlanishi, bu yo'lda kim to'g'ri xulosa chiqarmasa, ayab o'tirilmasligi tushuntirildi. Yig'ilishda rahbarlar hamda professor-o'qituvchilarning ham korrupsiyaga qarshi kurashish, poraxo'rlikka yo'l qo'ymaslik borasidagi takliflari tinglandi.