TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

9 fevral Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi.

08 Fevral 2020
Ko`rildi: 53

Bugun erta tongdan viloyatimizda mavjud Oliy ta'lim muassasalari, viloyat Yozuvchilar uyushmasi hamda viloyat maktabgacha ta'lim muassasalari boshqarmasi jamoalari so'z mulkining sultoni, turkiy tilimizning eng buyuk namoyondasi bo'lmish ulug' bobokalonimiz Mir Alisher Navoiyning Termiz shahrida joylashgan haykali atrofida yig'ilishdi.
Bugun Navoiy bobomiz tavalludining 579 yilligi munosabati bilan haykal poyiga gulchambar qo'yish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu marosimda TDAU Termiz filiali jamoasi ham filial direktori A.Jo'rayev boshchiligida bobokalonimiz haykali poyiga gulchambar qo‘yib qaytdilar.