TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

“Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol!”

07 Mart 2020
Ko`rildi: 25

Bugun TDAU Termiz filialida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol!” deb nomlangan bayram tadbiri o'tkazildi. Tadbir avvalida filial “Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti” tashabbusi bilan filial iqtidorli talabalari tomonidan filial xotin-qizlariga bahoriy guldastalar hadya etildi. Filialimizda mehnat qilayotgan xotin – qizlar orasida ko'plab xodimlar ilmiy darajaga egadirlar, buning isboti sifatida 2019 yil Inobat Ro'zieva o'z mutaxassisligi bo'yicha falsafa doktorligi (PhD) ilmiy daraja olishga muvoffaq bo'ldilar, bundan biz benihoyatda xursandmiz. O'ylaymizki kelajakda bunday intiluvchan hodimlar xotin-qizlarimiz orasidan ko'plab etishib chiqadilar. Tadbir davomida TDAU Termiz filiali xotin-qiz professor-o'qituvchilari va ishchi xizmatchilariga bayram estalik sovg'alari topshirildi.

https://scontent-frt3-1.xx.fbcdn.net/v/t1.0-9/p720x720/89367904_685041912237977_1631600536073535488_o.jpg?_nc_cat=104&_nc_sid=8024bb&_nc_ohc=mN_mPdyDmb8AX8dL9iT&_nc_ht=scontent-frt3-1.xx&_nc_tp=6&oh=76ec25c3690523979117e97e6432fbd2&oe=5E9297E7