TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

Hindistonning “Anipra Impex Limited” kompaniyasi direktori Doktor Anil Kumar filialimizga tashrif buyurdi.

14 Mart 2020
Ko`rildi: 103

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2019 yil 31 aprel - 1 may kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari va xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi 17-sonli majlis bayonining 78-bandida Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali bilan Hindistonning “Anipra Impex Limited” kompaniyasi hamkorligida mahalliy sabzavot va poliz ekinlari urug‘larini ilmiy-innovatsion usulda yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish va ushbu qo‘shma korxonaga Termiz tumanidan tajriba-sinov uchastkasi uchun yer ajratish topshirig‘i berilgan.

Mazkur topshiriqqa binoan, Surxondaryo viloyat hokimining 2019 yil 18 iyuldagi Q-335-sonli qarori asosida Termiz tumani “Namuna” SIU hududidan 50 gektar yer maydoni ajratilgan.

2019 yil 22 oktabr kuni Hindistonning “Anipra Impex Limited” kompaniyasi rahbari va Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali bilan qo‘shma yig‘ilish o‘tkazilib, loyiha qiymati 15 mlrd so‘m bo‘lgan “Termiz seed research center” (TSRC) (“Termiz urug‘chilik markazi” (TUM) qo‘shma korxonasini tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi 17-sonli majlis bayonining 78-bandi ijrosini borasida filial direktori professor A.Jo‘raev taklifi bilan 2020 yilning 13 mart kuni Hindistonning “Anipra Impex Limited” kompaniyasi direktori Doktor Anil Kumar tashrif bo‘yurdi va professor-o‘qituvchilar hamda talabalar bilan uchrashib qo‘shma korxona faoliyati sabazavot va polizchilik sohasida erishiladigan natijalar hamda kelgusida yaratiladigan imkoniyatlar bo‘yicha batafsil o‘rtoqlashdi.
Shu kuni ushbu qo‘shma korxona o‘z faoliyati boshlanganligi munosabati bilan Termiz tumani davlat xizmatlari markazidan ro'yxatdan o‘tkazildi.


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Fatal error: Uncaught yii\web\HeadersAlreadySentException: Headers already sent in /home/tsautbuz/public_html/vendor/yiisoft/yii2/web/Response.php on line 414. in /home/tsautbuz/public_html/vendor/yiisoft/yii2/web/Response.php:366 Stack trace: #0 /home/tsautbuz/public_html/vendor/yiisoft/yii2/web/Response.php(339): yii\web\Response->sendHeaders() #1 /home/tsautbuz/public_html/vendor/yiisoft/yii2/web/ErrorHandler.php(135): yii\web\Response->send() #2 /home/tsautbuz/public_html/vendor/yiisoft/yii2/base/ErrorHandler.php(262): yii\web\ErrorHandler->renderException(Object(yii\base\ErrorException)) #3 [internal function]: yii\base\ErrorHandler->handleFatalError() #4 {main} thrown in /home/tsautbuz/public_html/vendor/yiisoft/yii2/web/Response.php on line 366