TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

Filialining navbatdagi ilmiy Kengashi yig'ilishi ZOOM dasturi orqali bo‘lib o‘tdi.

05 May 2020
Ko`rildi: 370

Bugun Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialining navbatdagi ilmiy Kengashi ZOOM dasturi orqali bo‘lib o‘tdi. Kengashda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Birinchi masala: 2019/2020 o‘quv yilini masofaviy ta’lim asosida yakunlash, bahorgi semestr fanlaridan yakuniy nazorat (kurs ishi (loyiha))larni o‘tkazilishidagi vazifalar to‘g‘risida, I
kkinchi masala: 1-, 2-, 3-kurslar bo‘yicha talabalarning malakaviy amaliyot o‘tashlarini ta’minlash, hamda 3-kurs talabalari uchun xorijiy (ingliz) til bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasini davlat imtihoni shaklida o‘tkazilishidagi vazifalar, Uchinchi masala: Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlarini amalga oshirilishini ta’minlashdagi vazifalar, To'rtinchi masala esa Filialda joriy yilning 15-may kuni o‘tkaziladigan “O‘zbekiston janubida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumaniga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida bo‘lib, har bir masala yuzasidan ma’sullarning axboroti tinglandi.
Bundan tashqari Filial professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan o‘quv-uslubiy adabiyotlarni nashr etishga tavsiya etish va joriy yil 15-25 may kunlari OTMlar talabalari o‘rtasida onlayn shaklda o‘tkaziladigan fan olimpiadasining 2-bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida ham fikr mulohazalar aytib o‘tildi.