TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

Filial direktorining bayram tabrigi!

24 May 2020
Ko`rildi: 254

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali direktori, professor Jo‘raev Abdug‘affor Safarovichning filial jamoasiga Ramazon hayit bayram tabrigi.
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar va aziz hamkasblar! Barchangizni butun musulmon olamida keng nishonlanadigan Ramazon hayit bayrami bilan chin yurakdan tabriklayman. Bugungi butun dunyo aholisiga xavf solayotgan koronavirus pandemiyasi sharoitida Siz azizlar bilan sog‘-omon, yelkadosh bo‘lib ishlayotganimdan baxtiyorman.
Kuni kecha Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Ramazon hayit bayrami munosabati bilan jazoni ijro etish joylaridagi 258 nafar mahbusning avf etish to‘g‘risidagi Famonining e’lon qilinishi, bu bayram insonlar o‘rtasidagi gina-qudrat va arazlarni unitib, kechirimli bo‘lish kabi ulug‘ fazilatlarni mustahkamlaydigan, muqaddas islom dinining tengsiz qadriyatlaridan biri ekanligidan dalolat beradi.
Aziz jamoadoshlar! Bir oy davomida ro‘za tutib yaratganga qilgan iltijolaringiz albatta qabul bo‘lg‘ay. Garchi filialimiz jamoasi kichik bo‘lsada ulkan marralarni maqsad qilib katta yo‘lga chiqdik. Shunday qutlug‘ kunda rejalashtirgan barcha vazifalarimizni vijdonan bajarsak, o‘ylagan niyatlarimiz ham ro‘yobga chiqadi. Bu yo‘lda Sizlarga yaratgandan mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, omad va baxt tilab qolaman.
Ramazon hayit bayramingiz yana bir bora muborak bo‘lsin!


Fatal error: Uncaught yii\web\HeadersAlreadySentException: Headers already sent in /home/tsautbuz/public_html/vendor/yiisoft/yii2/web/Response.php on line 414. in /home/tsautbuz/public_html/vendor/yiisoft/yii2/web/Response.php:366 Stack trace: #0 /home/tsautbuz/public_html/vendor/yiisoft/yii2/web/Response.php(339): yii\web\Response->sendHeaders() #1 /home/tsautbuz/public_html/vendor/yiisoft/yii2/web/ErrorHandler.php(135): yii\web\Response->send() #2 /home/tsautbuz/public_html/vendor/yiisoft/yii2/base/ErrorHandler.php(262): yii\web\ErrorHandler->renderException(Object(yii\base\ErrorException)) #3 [internal function]: yii\base\ErrorHandler->handleFatalError() #4 {main} thrown in /home/tsautbuz/public_html/vendor/yiisoft/yii2/web/Response.php on line 366