TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

"Korrupsiya va poraxo‘rlikka birgalikda kurashamiz" mavzusida onlayn yig'ilish.

27 Iyul 2020
Ko`rildi: 178

Bugun TDAU Termiz filiali professor-o‘qituvchi va xodimlar o‘rtasida "Korrupsiya va poraxo‘rlikka birgalikda kurashamiz" mavzusida onlayn yig‘ilish ZOOM dasturida bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni filial direktori Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich olib bordi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura xuzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Surxondaryo viloyat boshqarmasi surishtiruv bo‘limi surushtiruvchisi To‘raqulov Sunnatullo Suyunovich, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi katta tezkor vakili, mayor Sattorov Fozil Abduraxmanovlar ma’ruza qilishdi.