Bo’lim boshlig’i: Karakulov Ziyodullo
Ma’lumoti: Oliy
Xorijiy til: Rus tili
Telefon: +998 90 747-00-23
E-mail: tdautf@edu.uz
Qabul kunlari: seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba
Ichki nazorat va monitoring bo’limining asosiy vazifalari:
• Filialda O’zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlari, vazirlikning Hay’at qarori, buyruqlari va boshqa hujjatlarini, shuningdek filial ichki buyruqlari va qarorlarining bajarilish monitoringini olib borish;
• filial professor-o’qituvchilar va o’quv-yordamchi hodimlar tarkibi ichki inspeksiyasini tashkil qilish va o’tkazish;
• kadrlar tayyorlash sifati va ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasiga nisbatan qo’yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlariga va boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qilinish nazoratini va monitoringini olib borish;
• filial ta’lim standartlarini joriy etish masalalari bo’yicha filiallar, fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo’linmalarga amaliy va uslubiy yordamko’rsatish;
• filialni boshqarish organlariga ta’lim jarayonini isloh qilish va takomillashtirish bo’yicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash;
• filial bo’yicha buyruqlar ijrosi nazoratini olib borish;
• filial va uning filiallarida o’quv jarayonini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha bo’linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko’rsatish;
• professor-o’qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarining tadbiq
etilishini amalga oshirishda ishtirok etish.
• kamchiliklar va muammolarni bartaraf va hal qilish bo’yicha aniq takliflarni universitet rahbariyatiga taqdim etish.
• filial va unga tegishli ta’lim muassasalarida (filiallar, litseylar va boshqalar) ta’lim standartlariga hamda ta’limga oid me’yoriy hujjatlarga amal qilinishini tekshirish;
• filialda va unga tegishli ta’lim muassasalarida bo’ladigan barcha turdagi kengashishlarida ishtirok etish;
• o’quv yurti faoliyati bo’yicha filiallar, fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo’linmalardan o’z xizmat va zifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb qilish;
• kurs loyihasi (ishlari)ni, bitiruv malakaviy ishlarni hamda magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish, davlat atestatsiyalarining o’tkazilishini hamda barcha turdagi nazariy va amaliy mashg’ulotlarni ko’rib chiqish;
• o’z huquqi doirasidagi masalalarni joylarda o’rganish uchun belgilangan tartibda universitetning malakaviy professor-o’qituvchilari va hodimlarni jalb qilgan holda guruhlar tuzish.
|