TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

O’quv-uslubiy bo’lim

13 May 2019
Ko`rildi: 0

O’quv-uslubiy bo’lim

Bo’lim boshlig’i: Maxmadaliyev Akmal Abdishukurovich

Telefon: ish 8-376-363-32-21

uyali +99893 766 71 90

E-mail: tdautf@edu.uz  

 

 

 

 

O’quv-uslubiy ta’minot

Filialda mavjud 13 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishlarining darslik va o’quv qo’llanmalar bilan ta’minlanishini me’yor talabalariga yetkazishga erishildi. Bo’lim tomonidan o’quv-metodik materiallarni ishlab chiqish va ta’lim jarayoniga joriy etish ishlari maxsus rejaga asosan muvofiqlashtirib borilmoqda. Jumladan, 520 ga yaqin o’quv fanlaridan o’quv-uslubiy majmualar yaratilib, ularning elektron variantlari har bir talabaga tarqatildi.

 

Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash

Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2010-yil 25-avgustdagi 333-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risida Nizom” asosida tashkil etilgan.

Talabalarning kuzgi va bahorgi semestr yakunidagi yakuniy nazorat sinovlarini o’tkazishda zamonaviy test usulini qo’llashga katta e’tibor beriladi. Universitet mutaxassislari tomonidan yangi kompyuter test dasturlari ishlab chiqilib, ulardan yakuniy nazoratlarni o’tkazishda foydalanilmoqda. Bu dasturlar har yili takomillashtirilib boriladi.

Yakuniy nazorat sinovlarini o’tkazishga yangicha yondoshuvlar tatbiq etilib, professor-o’qituvchilar safidan tayinlangan nazoratchilar, jamoatchilik va ota-onalar, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi va iqtidorli talabalar vakillarini jalb etish tartibi joriy etilgan.