TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

Xalqaro hamkorlik bo`limi

13 May 2019
Ko`rildi: 0

                                                                       

 

Bo’lim nomi: Xalqaro hamkorlik boʼlimi

Bo’lim boshlig’i: Xatamov Nurbek

Qabul vaqti: Dushanba-Payshanba (09:00-11:00)

Telefon: (93) 799-89-96

E-mail: agrartermizbranch@gmail.com

Bo’lim faoliyati haqida ma’lumot:

2017-yildan bugungi kunga qadar bir qator xorijiy ta’lim muassasalari va tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik o’rnatib kеlmoqda. Ular orasida Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya federatsiyasi, Chexiya, Yaponiya, Janubiy Koreya davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va boshqa ko’plab ta’lim sohasidagi xalqaro muassasalar bilan hamkorlikda ishlab kelmoqda.

Bugungi kundagi xalqaro hamkorlik

Hozirgi kunda universitet quyidagi xorijiy OTMlar bilan hamkorlik qilmoqda:

  1. Germaniyaning Myunster universiteti
  2. Germaniyaning “PRAXX”, “LOGO”, dasturlari
  3. Fransiyaning Lion uniersiteti
  4. Janubiy Koreyaning Kyunpook universiteti
  5. Janubiy Koreyaning Keimyung universiteti
  6. Boshqirdiston davlat agrar universiteti
  7. Qozogʼiston Respublikasi Shimkent viloyati “SILKWAY” xalqaro universiteti
  8. Qozon davlat agrar universiteti

XORIJIY TASHKILOTLARDAN KELGAN VAKILLAR:

  1. 2019 yil 8 aprel kuni Germaniya Federativ Respublikasining “LOGO” tashkilotidan doktor Xartvig Mennen tashrif buyurdi. Tashrif davomida filial talabalari ishtirokida Germaniyada 6 oylik amaliyot oʼtash boʼyicha va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish imkoniyatlariga bagʼishlangan yuqori saviyadagi uchrashuvlar oʼtkazildi.
  2. 2019 yil 22 oktyabr kuni Hindistonning “Anipra Impex Limited” kompaniyasi rahbari Anil Kumar va Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali bilan qoʼshma yigʼilish oʼtkazilib, “Termiz seed research center” (TSRC) (“Termiz urugʼchilik markazi” (TUM) (moliyaviy qiymati kariyb 17 mlrd soʼmni tashkil etishi kuzda tutilgan) qoʼshma korxonasini tashkil etish boʼyicha qaror qabul qilindi.
  3. 2019 yilning 14 may kuni filialga Ufa davlat neft-texnika universiteti professori texnika fanlari doktori Neʼmatjon Rahimov tashrif buyurdi. Neʼmatjon Rahimov dastlab filialda olib borilayotgan ishlar yangi qurib bitkazilgan 1000 oʼrinli oʼquv bino va laboratoriya xonalari bilan tanishib, professor-oʼqituvchilar, talabalar bilan suhbatlashdi. Kerakli tavsiya va takliflarini berdi. Shundan soʼng professor “Yorugʼlik diodlari va ularni qoʼllash” mavzusida talabalarga maʼruza oʼqidi. Yangi innovatsion texnologiyalar, zamonaviy taʼlimning hususiyatlari, umumiy fizikaning mohiyati haqidagi qiziqarli maʼlumotlar berdi.
  4. 2019 yilning 17 may kuni M.Аuezova nomli Janubiy Qozogʼiston davlat universiteti va Janubiy Qozogʼiston pedagogika universiteti professor oʼqituvchilari tashrif buyurishdi hamda ikki davlat oliy taʼlim muassasalari oʼrtasida oʼzaro istiqbolli hamkorlik borasida kelishib olindi.
  5. 2019 yilning 23 may kuni Germaniyaning GIZ xalqaro hamkorlik jamiyati delegatsiyasi rahbari Katrina Oellers, Аndreya Muk va boshqalar tashrif buyurdi. Tashrifdan koʼzlangan maqsad oʼquv jarayonlari va iqtidorli talabalar bilan tanishish va hamkorlik qilishga kelishib olindi.
  6. 2019 yilning 29 oktyabr kuni Germaniyaning LOGO tashkiloti rahbari doktor Xartvig Mennen tashrif buyurdi. Tashrifdan koʼzlangan maqsad LOGO dasturi boʼyicha 6 oylik amaliyotni oʼtash uchun talabalar oʼrtasida saralash testi, suhbati oʼtkazildi va bilimli talabalar tanlab olindi.
  7. 2019 yil 14 sentyabr kuni Koreya respublikasining Kopiya-Oʼzbekiston markazidan kelgan Chorvachilik milliy instituti professori Che Son Xo tomonidan Oʼzbekistonda rivojlangan davlatlarning chorvachilik boʼyicha texnologiyalarini joriy qilish va TMR mol boqish texnologiyasidan foydalanishni yoʼlga qoʼyish toʼgʼrisida ilmiy-tadqiqot seminari va mahorat darslari tashkil etildi.
  8. 2019 yil 2 oktyabr kuni Аgrobiologiya fakulteti talabalariga Yaponiyaning 1885 yilda tashkil etilgan oilaviy “Nozaki Seed” urugʼchilik kompaniyasi boʼlimi boshligʼi Takayaki Yuki tomonidan “Sabzavot ekinlari urugʼchiligi va sabzavot ekinlarini kasallik va zararkunandalardan himoya qilishda “DAITO GETTO” oʼsimligidan tayyorlangan tabiiy toza mahsulotlardan foydalanishda Yaponiya tajribasi” mahorat darslari tashkil etildi.
  9. 2019 yil 29 oktyabr kuni “PRAXX” dasturi boʼyicha Germaniya Federativ Respublikasidan tashrif buyurgan Hartwig Mennen tomonidan 206-207 guruhlarga ingliz tili fanidan mahorat darsi olib borildi.
  10. 2019 yilning 2 dekabr kuni USAID tashkilotini Oʼrta Osiyoni iqtisodiy rivojlantirish missiyasi dasturi rahbari Rayder Rodjers hamda USAID AVC (Qishloq xoʼjaligi qiymat zanjiri) dasturi boshligʼi Brayn Kayger tashrif buyurdi. Tashrifdan koʼzlangan maqsad dasturda rejalashtirilgan ishlarni amalda bajarilishi, natijalari va kelgusida hamkorlik xaqida kelishib olindi.
  11. 2019 yilning 11 dekabr kuni Germaniya GIZ xalqaro hamkorlik jamiyati rahbari Beate Shorayt tashrif buyurdi. Tashrifdan koʼzlangan maqsad Surxondaryoda qishloq xoʼjaligini rivojlantirish va malakali kadrlarni tayorlashda hamkorlik qilishga kelishib olindi.

 

REKTOR, PROREKTORLAR, BOʼLIM BOSHLIQLARI, FAKULTET DEKANLARI, KAFEDRA MUDIRLARI VA PROFESSOR-OʼQITUVCHILARNING XORIJIY SAFARLARI BOʼYICHA:

  1. TDАU Termiz filiali Oʼrmonchilik dorivor oʼsimliklarni yetishtirish kafedrasi oʼqituvchisi Sh.S.Ishmurodov 2019 yil 3-22 dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Xubey tumani Uxan shahrida “Oʼzbekiston qishloq xoʼjaligi texnologiyalari boʼyicha seminar”ga xizmat safarida boʼlib qaytdi.
  2. 2019 yilning 1 iyun kuni TDАU Termiz filialining “Аgrobiologiya” fakultetidan S.Jaxonov “Аgrobiznes va investitsion faoliyat” fakultetidan S.Nosirov, M.Saidqulova, Sh.Shodiev, J.Omonov, Sh.Raimov, А.Аbduqaxxorov, А.Xoʼjamqulov va V.Ergasheva "PRAXX" dasturi boʼyicha Germaniya Federativ Respublikasida 6 oylik amaliyot oʼtab kelishdi. “Аgrobiznes va investitsion faoliyat” fakultetidan E.Xudoyberdiev, Sh.Bozorov va Q.Ismoilov “LOGO” dasturi boʼyicha Germaniyaga 6 oylik amaliyotda ishtirok etib qaytishdi.
  3. TDАU Termiz filiali talabalari Sh.Karimjonova va S.Bozorova 2019 yil 12-13 noyabr kunlari Qozogʼiston Respublikasining Shimkent viloyatida IX Markaziy Osiyo savdo forumida ishtirok etishdi.
  4. TDАU Termiz filiali “Agrobiologiya” fakulteti dekani Nurali Abduraximov 2020 yil 25-fevraldan 5-martgacha USAID dasturi orqali Hindistonning Dehli va Agra shaharlarida bo’lib qaytdi.

 

 

// //