TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

Kasaba uyushma qo'mitasi

13 May 2019
Ko`rildi: 0

Kasaba uyushma qo'mitasi raisi: Rahimov Navruz Sattarovich

Telefon: +99893 762-66-68

E-mail: navruz.rahimov@mail.ru

Qabul kunlari: Seshanba, chorshanba, payshanba, juma

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali kasaba uyushmasi faoliyati

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to'g’risida»gi qonuni, «Jamoat birlashmalari to'g’risida», «Nodavlat notijorat tashkilotlar to'g’risida»gi qonunlari,

Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi markaziy kengashining Ustavi va boshqa huquqiy hujjatlar hamda filial direktori bilan tuzilgan jamoat shartnomasi va filial nizomi, tarkibiy tuzilmasi asosida yuritadi.

Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

  • Kasaba uyushma qo‘mitasi a'zolarini aqliy va erkinlik huquqlarini himoyalash borasida qonuniy va boshqa me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish;
  • Mehnat qonunchiligi ustidan jamoa nazoratini amalga oshirish;
  • Jamoa shartnomalarini tuzish va mehnat faoliyatidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish;
  • Kasaba uyushma a'zolari bilan birgalikda madaniy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazish;
  • Kasaba uyushma a'zolari va ularning farzandlarining sog‘ligini tiklash, jismoniy tarbiya va sportga jalb etish borasida ishlarni olib borish;

Kasaba uyushmasi ijtimoiy va nodavlat tashkilotlar, xorijiy mamlakatlar kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilish va xalqaro aloqalarni o‘rnatish.

Kasaba uyushmasi tarkibi.

Hozirgi kunda professor-o'qituvchi va xodimlar kasaba uyushmasi qo'mitasiga birlashtirgan. Kasaba uyushma qo'mitasi 2 ta fakultet, 1 ta xo’jalik va bo’limlar boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlari mavjud. Qo’mitada komissiya faoliyat ko'rsatadi.

Bu komissiyalar professor, o'qituvchi, xodimlarni ijtimoiy – iqtisodiy jihatdan himoya qilish, ularning sharoitlarini yaxshilash, mehnat intizomini mustahkamlash, mehnat munosabatlarida paydo bo'lgan nizolarni hal etish, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasini ta'minlash, ommaviy sport, bayram tadbirlarini o'tkazish, shuningdek, professor, o'qituvchi va xodimlar sog’ligini yaxshilash, dam olishlarini ko'ngilli o'tkazishni tashkil etish, yoshlarni qo'llab – quvvatlash hamda jamiyatimizda ayollar mavqeini oshirish bilan shug’ullanadi.

Kasaba uyushma qo‘mitasining asosiy tarkibiy yo’nalishi:

  1. Konferensiya Kasaba uyushma qo‘mitasining oliy organi hisoblanadi va u besh yilda bir marotaba o‘tkaziladi.
  2. Kasaba uyushma qo‘mitasi Konferensiyalar orasida rahbar organ hisoblanadi va besh yil muddatga saylanadi.
  3. Konferensiya orasida rahbarlikni amalga oshirish Kasaba uyushma qo‘mitasi prezidiumi saylanadi. Prezidium majlislari uch oyda kamida bir marotaba o’tkaziladi.
  4. Konferensiyada Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, o‘rinbosarlari, qo‘mita a'zolari hamda taftish komissiyasi a'zolari saylanadi.
  5. Kasaba uyushma qo‘mitasi xodimlari Prezidiumi, Plenumi konferensiya qarorlari bajarilishini ta'minlashda qatnashadi.
  6. Kasaba uyushma qo‘mitasining mablag‘i a'zolarning oylik badali hisobidan tashkil topadi.

A'zolik badallari oylik maoshlarning kamida 1 foizi miqdorida belgilanadi.

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali kasaba uyushmasi qo’mitasining vazifalari:

Filial xodimlarining millati, jinsi, yoshi va diniy e'tiqodidan qat'iy nazar mehnat qilishi, ishni va kasbni erkin tanlashi, adolatli mehnat sharoitida ishlashi, ishsizlikdan himoya qilinishiga doir konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qiladi. O'qituvchi-xodimlar mehnatiga haq to'lash va mehnat tartibining ijtimoiy adolatli tizimini joriy etilishiga va unga rioya qilinishiga ko'maklashadi. Professor-o'qituvchi va xodimlarning ma'naviy-ma'rifiy saviyasini oshirishda, ularning bo'sh vaqtlarini hamda dam olishlarini mazmunli tashkil qilishda faol ishtirok etadi. O'qituvchi va xodimlarga nisbatan mehnat qonunchiligi, mehnatni muhofaza qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish qonunlari talablariga rioya qilinishini nazorat qiladi va ularning huquqiy himoyasini amalga oshiradi. O'qituvchi-xodimlar va ularning oila a'zolarini sog’lomlashtirish va sport bilan muntazam shug’ullanishlariga ko'maklashadi. Jamoada vujudga kelayotgan mehnat nizolarini bartaraf etishda tashabbuskorlik qiladi.