TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

O’zbekiston yoshlar ittifoqining universitetdagi boshlang’ich tashkiloti

13 May 2019
Ko`rildi: 0

 O’zbekiston yoshlar ittifoqining universitetdagi boshlang’ich tashkiloti

Boshlang’ich tashkilotning yoshlar yetakchisi: Inoyatov Sherali

Qabul vaqti: Har kuni soat 9:00-17:00

Telefon: 

E-mail: tdautf@edu.uz

 

 

Yoshlar ittifoqining tashkil etilishi: O’zbekiston yoshlar ittifoqi “Kamolot” YoIHning 2017- yil 30- iyun kunidagi IV qurultoyi qaroriga asosan tashkil etilgan. O’zbekiston yoshlar ittifoqining universitetdagi boshlang’ich tashkiloti 2017- yil 4- sentyabr kunidagi boshlang’ich tashkilotning 1-sonli ta’sis yig’ilishida tashkil etilgan hamda ittifoqning Guliston shahar Kengashi tomonidan ro’yxatga olinib, G01258 sonli guvohnoma berilgan.

 

Ittifoqning asosiy maqsadi: 

Yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O’zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro’yobga chiqarishga ko’maklashishdan iborat.

Ittifoqning asosiy vazifalari: 

  • barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o’zining hayotiy pozitsiyasi va qat’iy e’tiqodiga ega, jamiyat hayotida munosib o’rin egallash, mamlakatni isloh qilish, yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo’lishga qodir yoshlarni shakllantirish, ularning siyosiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va huquqiy ongini yuksaltirish;
  • yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g’urur va o’zlikni anglash, ro’y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg’ularini shakllantirish;
  • yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga bo’lgan intilishini qo’llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish;
  • iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ular o’z ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish;
  • yoshlar, xususan uyushmagan yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzi, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishga keng jalb qilish;
  • yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzg’unchi tashkilotlar ta’siridan, chetdan “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy ta’sir va tahdidlardan asrash, yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni profilaktika qilish va oldini olishga ko’maklashish va boshqalar.

Yoshlar iitfoqiga a’zolikka qabul qilish

  1. Ittifoqqa yuridik va jismoniy shaxslar ushbu Ustavda belgilangan tartibda a’zo bo’lish mumkin.
    2. Ittifoqning maqsadini qo’llab-quvvatlash istagini bildirgan,
    14 yoshga to’lgan va 30 yoshdan oshmagan O’zbekiston Respublikasining fuqarolari va O’zbekiston Respublikasida muntazam yashab kelayotgan fuqaroligi bo’lmagan jismoniy shaxslar Ittifoqning a’zosi bo’lishi mumkin.
    3. Ittifoqning jismoniy shaxs bo’lgan a’zosi Ittifoqning rahbar organlariga saylangan taqdirda unga nisbatan ushbu Ustavning 4.2. bandida ko’zda tutilgan yoshga oid cheklov qo’llanilmaydi.
    4. Jismoniy shaxslarni Ittifoqqa a’zolikka qabul qilish va chiqish Ittifoq boshlang’ich tashkilotining Umumiy yig’ilishi tomonidan, shuningdek boshlang’ich tashkilot Kengashining yig’ilishi (boshlang’ich tashkilotda Kengash shakllantirilgan taqdirda) tomonidan amalga oshiriladi.
    5. Jismoniy shaxslarni Boshlang’ich tashkilot tegishli rahbar organining a’zolikka qabul qilish va chiqish to’g’risidagi qarori yakuniy hisoblanadi va Ittifoqning yuqori organlari tomonidan tasdiqlanishi talab qilinmaydi.
    6. Yoshlar sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar sohasiga oid korxona, muassasa va tashkilotlar hamda ta’sis hujjatlari Ittifoqning Ustav maqsadlari, vazifalari va dasturiy hujjatlariga zid bo’lmagan boshqa yuridik shaxslar Ittifoqqa a’zo bo’lishi mumkin.
    Yuridik va jismoniy shaxslar Ittifoqqa a’zolikka qabul qilinishi uchun tegishli mazmundagi arizani taqdim etadilar.
    7. Yuridik shaxslar Ittifoq a’zoligiga Ittifoqning mahalliy yoki hududiy kengashlari yig’ilishi qarori asosida qabul qilinadi va chiqariladi.
    8. Jismoniy shaxslarning Ittifoqqa a’zoligi quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
    – Ittifoq a’zosi arizasiga ko’ra;
    – Ittifoq a’zosining yoshi 30 yoshdan oshgach (Ittifoqning saylanadigan organlariga saylangan shaxslar bundan istisno);
    – Ittifoq a’zosi tomonidan ushbu Ustavga va O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo’lgan xatti-harakatlarga yo’l qo’yilganda;
    – Ittifoqning faoliyati tugatilganda.
    9. Jismoniy shaxslarni Ittifoq a’zoligidan chiqarish to’g’risidagi qaror boshlang’ich tashkilotning Umumiy yig’ilishi yoki boshlang’ich tashkilot Kengashi tomonidan qabul qilinadi.