TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

Ilmiy kengash

14 May 2019
Ko`rildi: 0

 

Ilmiy kengash kotibi: Normatov Boxodir Ismoilovich

Telefon: +99893 765 54 78

E-mail: tdautf@edu.uz

 

 

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI TERMIZ FILIALI ILMIY KENGASH NIZOMI

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil 9-son, 225-modda) va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil 11-12-son, 295-modda) qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi «Oliy o‘quv yurtlaridan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risida Nizom», «Oliy ta’lim to‘g‘risida»gi Nizomga hamda Oliy ta’lim muassasalarining Ilmiy kengashi to‘g‘risida namunaviy Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 3 dekabr 487-son buyrug‘i ilovasi)ga va O‘zbekiston Republikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 10 iyuldagi 479 sonli «Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali kengashi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

I. Umumiy qoidalar

1. Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialining faoliyatiga tegishli asosiy masalalarni ko‘rib chiqish uchun direktor raisligida Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali kengashi tashkil etiladi.

2. Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali Ilmiy kengashi tarkibi direktor, prorektorlar, fakultet dekanlari filial tarkibidagi mustaqil tashkilot va tarmoqlar direktorlari, mutaxassis chiqaruvchi kafedralar mudiri, shuningdek jamoat tashkilotlari rahbarlaridan tashkil etiladi. Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali kengashining boshqa a’zolari fakultetning umumiy majlisida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar. Professor-o‘qituvchilar tarkibidan kengashga saylanuvchi a’zolarning soni direktorning buyrug‘i bilan belgilanadi. Kengash tarkibiga Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialining muayyan yo‘nalish muammolari bo‘yicha ishlovchi yirik olim va mutaxassislari ham kiritilishi mumkin. Vakolat muddati 5-yil.

3. Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali kengashi tarkibi filial direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Har o‘quv yilining boshida har xil sabablarga ko‘ra Ilmiy kengash tarkibidan chiqqanlar o‘rniga yangi a’zolar saylanadi yoki nizom bo‘yicha kiritiladi.

II. Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali kengashining maqsad va vazifalari

4. Universitet kengashining maqsadi - universitet jamoasi say’-harakatlari, intellektual salohiyati va boshqa barcha imkoniyatlarni O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunda va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash, oliy ta’limning davlat ta’lim standarti talablari darajasida mukammal bilim, malaka, ko‘nikmalarga ega bo‘lgan professional mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirishdan iborat.

5. Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali kengashi:

- Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarining qat’iy bajarilishini o‘rganib chiqadi hamda ustivor masalalar bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar belgilaydi;

- fakultetlarning o‘quv ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar to‘g‘risidagi, akademik letseylar, universitet qoshidagi ilmiy jamiyatlarning faoliyati to‘g‘risidagi, qabul komissiyasining qabul natijalari to‘g‘risidagi, shuningdek marketing xizmatining xalq xo‘jaligining bitiruvchi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji, buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi hamda tegishli qaror qabul qiladi;

- ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejalari ijrosi va professor-o‘qituvchilar tarkibining qayta tayyorlash va malaka oshirish masalalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi;

- Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali rivojlanishining yillik va istiqboliy rejalarini tasdiqlaydi, moddiy-texnik ta’minot va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi;

- fakultet va kafedralarni ochish, tugatish, o‘zgartirish, shuningdek marketing xizmati takliflarini hisobga olgan holda yangi bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish yoki to‘xtatish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi;

- «Oliy ta’lim muassasalariga pedagog hodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomiga muvofiq professor-o‘qituvchilar lavozimlarini egallash uchun tanlovlar o‘tkazadi;

- professor, dotsent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning xujjatlarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlashga taqdim etadi;

- Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali bitiruvchilari va professor-o‘qituvchilarining ingliz tilini bilishlarini ta’minlash va kompyuter texnologiyalari, internetdan foydalana olishlari bo‘yicha tayanch ko‘nikmalarni shakllantirish masalalarini muhokama qiladi va chora tadbirlar belgilaydi;

- ta’lim jarayonining o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganligi, yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalari, shuningdek innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llashga asoslangan o‘quv-uslubiy majmualarni tayyorlash va nashr etish masalalarini muhokama qiladi;

- katta ilmiy hodim-izlanuvchi institutlariga nomzodlarni tavsiya etadi, ularning shaxsiy rejalari va dissertatsiya mavzularini tasdiqlaydi;

- iqtidorli talabalar safidan va professor-o‘qituvchilar tarkibidan nomzodlarni «Iste’dod» jamg‘armalari orqali xorijiy oliy ta’lim muassasalariga stajirovkaga tavsiya etadi;

- universitet iqtidorli talabalari safidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalar tanlovida ishtirok etadigan nomzodlarni tavsiya etadi;

- «Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi bilan hamkorlikda talabalarning jismoniy tarbiyasi va ularning sog‘liqlarini yanada yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqadi;

- asosiy buyurtmachi tashkilot, korxona va muassasalar bilan korporotiv hamkorlikni rivojlantirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda talabalarning malakaviy amaliyot samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qiladi va ularni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

- xorijiy mamlakatlarning Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali bilan aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha qarorlar qabul qilinadi;

- ta’lim xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi kichik korxonalar, firma va kurslar faoliyati haqida rahbarlarning hisobatlarini eshitadi hamda tegishli qaror qabul qiladi;

- Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali talabalari va xodimlarining texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlarni belgilaydi;

III. Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali kengashi faoliyatini tashkil etish

6. Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali Ilmiy kengashi o‘z faoliyatini har o‘quv yili uchun ishlab chiqiladigan rejaga muvofiq amalga oshiradi. Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali Ilmiy kengashi rejasi kengash tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng filial direktori tomonidan tasdiqlanadi.

7. Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialining o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlarga doir barcha masalalar bo‘yicha kengash qarorlari ochiq ovoz berish tartibida ko‘pchilikning ovozi bilan qabul qilinadi. Kengash majlisi, uning tarkibidagi a’zolarning 2/3 qismi ishtirok etgandagina haqiyqiy xisoblanadi.

Professor-o‘qituvchilar tarkibi lavozimlarini egallashga o‘tkaziladigan tanlovlar va professor, dotsent ilmiy unvonlarini berishga taqdimnomalar yopiq ovoz berish yo‘li bilan belgilangan tartibda qabul qilinadi.

8. Kengash qarorlari filial direktori tasdiqlaganidan so‘ng kuchga kiradi.

9. Kengashning majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar kengashning raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolanadi.

10. Kengash raisi muntazam ravishda kengash qarorlari bajarilishi bo‘yicha tekshiruvlarni tashkil etadi va Kengash a’zolariga qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqida axborat beradi.

 

Ilmiy kengash kotibining lavozim vazifalari:

  • Har oyda o‘tkaziladigan universitet Ilmiy kengash majlisining ish rejasi bo‘yicha tegishli sohalar mas’ullariga qaror loyixalarini tayyorlash bo‘yicha xabar berish va uni nazorat qilib borish;
  • Universitet ilmiy kengash a’zolarini ilmiy kengashda ishtirokini ta’minlash va ularga majlis kuni hamda vaqti haqida xabar berish;
  • Ilmiy kengash qarorlari loyixasini mas’ullardan o‘z vaqtida olish va ularni rasmiylashtirish;
  • Ilmiy kengash qarorlari loyixasi rasmiylashtirilib, tayyor bo‘lgach barcha kengash a’zolariga tarqatish;
  • Ilmiy kengash qarorlari ijrosi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish;
  • Ilmiy kengash qarorlari loyixasini mas’ullar tomonidan bajarilmagan taqdirda yozma yoki og‘zaki ravishda ilmiy kengash raisiga hisobot berish;
  • Ilmiy kengash qarorlarini bayonnoma bilan rasmiylashtirish. Bayonnomalarni ilmiy kengashning raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolab tasdiqlanishini ta’minlash;
  • Ilmiy kengash tasdig‘idan o‘tgan barcha universitet hujjatlarining bayonnomadan ko‘chirmasini tasdiqlab berish;
  • Ilmiy kengash qaroriga muvofiq professor, dotsent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning hujjatlarini ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiklash uchun taqdim etish hamda hujjatlarni OAKga jo‘natish;
  • Ilmiy kengash muxokamasidan o‘tgan doktorlik va nomzodlik dissertatsiyasi mavzulariga bayonnomadan ko‘chirmani tasdiqlash;
  • Kafedra mudiri, professor va dotsent lavozimlariga kafedralar bo‘yicha vakant lavozimlarga yopiq ovoz berish yo‘li bilan tanlov o‘tkazib, rasmiylashtirish;
  • Professor-o‘qituvchilarning ilmiy ishlar ro‘yxatini tasdiqlab berish;
  • Har o‘quv yili oxirida ilmiy kengash bayonnomalarining yig‘ma jildini arxivga topshirish;
  • Kengash rejasi ilmiy kengash tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng direktor tomonidan tasdiqlatish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishlari, Vazirlar Maxkamasi Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’ati Qarorlari hamda buyruqlari asosida ish rejasiga o‘zgartirishlar kiritish;
  • Ilmiy kengash yig'ma jildlar nomenklaturasini doimiy tarzda yuritish va barcha hujjatlar monitoringini amalga oshirish.

Bilishi kerak:

Universitetda ilmiy ishlarini olib borish bo‘yicha normativ hujjatlar, vazirlik buyruqlari bilan belgilangan lavozim vazifalarini, oliy ta’limga oid qonunligini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruq va yo‘riq xatlarini bilishi, professor-o‘qituvchilar tarkibining tanlov orqali lavozimlarini egallash tartibini bilishi, ilmiy daraja va ilmiy unvonlar berish tartibini bilishi.

Malaka talablari:

  • Oliy ta’limga oid qarorlarini, oliy o‘quv yurtlari to‘g‘risidagi Nizomni, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruq va yo‘riq xatlarini bilishi;
  • OTMsiga, ilmiy kengashga, ilmiy unvon berishga taalluqli ko‘rsatmalarini hamda rahbariy va me’yoriy hujjatlarini bilishi;
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • Professor-o‘qituvchilar tarkibining tanlov orqali lavozimlarini egallash tartibini bilishi zarur.

13. Kotib-ish yurituvchi lavozim vazifalari:

  • Yuqori organ va bo‘limlardan keladigan buyruq, farmoyish va xatlarni qabul qilib olish, ro‘yxatdan o‘tkazish va qabul qilib o‘z boshlig‘iga yetkazish;
  • Bo‘lim (dekanat) yoki kafedraga tegishli bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish hamda tegishli bo‘limlarga yetkazish;
  • Bo‘lim (dekanat) yoki kafedraga tegishli bo‘lgan hujjatlarni chop etish, ko‘paytirish va ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • Bo‘limga (dekanatga) keluvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va murojaatnomalarni qabul qilish;
  • O‘zi ishlayotgan kafedra yoki bo‘limning (dekanatning) sanitariya-gigiena holati va tozalikni saqlash;
  • Har o‘quv yili oxirida kafedra yoki bo‘limning (dekanatning) nomenklatura bo‘yicha tugatilgan hujjatlarnining yig‘ma jildini arxivga topshirish.

Bilishi kerak:

Ish yuritishga oid nizomlar va yo‘riqnomalarni, universitet ichki tartib-qoidalarini, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi hamda yonginga qarshi himoya qoidalari va me’yorlarini bilishi.

Malaka talablari:

Kompyuterda ishlashni, yozishni, orfografiya qoidalari va tinish belgilarni, har xil hujjatlarni chop etish vaqtida materialni joylashtirish tartibini, namunaviy shakllardan foydalangan holda ishga oid xatlarni chop etish qoidalarini o‘zlashtirgan bo‘lishi;

• O‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi zarur.

11. Fakultet Ilmiy kengash kotibining lavozim vazifalari (jamoatchilik asosida amalga oshiradi):

  • Har oyda o‘tkaziladigan fakultet kengash majlisining ish rejasi bo‘yicha tegishli soxalar mas’ullariga qaror loyixalarini tayyorlash bo‘yicha xabar berish va uni nazorat qilib borish;
  • Fakultet ilmiy kengash a’zolarini ilmiy kengashda ishtirokini ta’minlash va ularga majlis kuni hamda vaqti haqida xabar berish;
  • Ilmiy kengash qarorlari loyixasini mas’ullardan o‘z vaqtida olish va ularni rasmiylashtirish;
  • Ilmiy kengash qarorlari loyixasi rasmiylashtirilib, tayyor bo‘lgach barcha kengash a’zolariga tarqatish;
  • Ilmiy kengash qarorlari ijrosi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish;
  • Ilmiy kengash qarorlari loyixasini mas’ullar tomonidan bajarilmagan taqdirda yozma yoki og‘zaki ravishda fakultet kengash raisiga hisobot berish;
  • Ilmiy kengash qarorlarini bayonnoma bilan rasmiylashtirish. Bayonnomalarni ilmiy kengashning raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolab tasdiqlanishini ta’minlash;
  • Ilmiy kengash tasdig‘idan o‘tgan barcha fakultet hujjatlarining bayonnomadan ko‘chirmasini tasdiqlab berish;
  • Kafedra katta o‘qituvchisi va assistent lavozimlariga kafedralar bo‘yicha vakant lavozimlarga yopiq ovoz berish yo‘li bilan tanlov o‘tkazib, rasmiylashtirish;
  • Har o‘quv yili oxirida ilmiy kengash bayonnomalarining yig‘ma jildini arxivga topshirish;
  • Ilmiy kengash rejasi ilmiy kengash tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng fakultet dekani tomonidan tasdiqlatish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Xay’ati Qarorlari hamda buyruqlari asosida ish rejasiga o‘zgartirishlar kiritish;
  • Ilmiy kengash yigma jildlar nomenklaturasini doimiy tarzda yuritish va barcha hujjatlar monitoringini amalga oshirish.

Bilishi kerak:

Universitetda ilmiy ishlarini olib borish bo‘yicha normativ hujjatlar, vazirlik buyruklari bilan belgilangan lavozim vazifalarini, oliy ta’limga oid qonunligini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruq va yo‘riq xatlarini bilishi, professor-o‘qituvchilar tarkibining tanlov orqali lavozimlarini egallash tartibini bilishi, ilmiy daraja va ilmiy unvonlar berish tartibini bilishi.

Malaka talablari:

  • Oliy ta’limga oid qarorlarini, oliy o‘quv yurtlari to‘g‘risidagi Nizomni, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruq va yo‘riq xatlarini bilishi;
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

Professor-o‘qituvchilar tarkibining tanlov orqali lavozimlarini egallash tartibini bilishi zarur.