TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

Ilmiy tadqiqot va pedagogik xodimlarni tayyorlash bo'limi

15 May 2019
Ko`rildi: 0

Ilmiy tadqiqot va pedagogik xodimlarni tayyorlash bo'limi

Bo’lim boshlig’i: Maxmadiyorov Botir Mamatovich

Telefon: (+99899) 389-56-29

Elektron manzili:botir.makhmadiyrov.77@mail.ru

 

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialining 2020 yildagi ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari buyicha

M А ' L U M O T L А R

 

Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi tizimidagi Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali 2017 yildan oʼz faoliyatini boshlagan, bugungi kunda filialda 3 ta fakultet, 9 ta kafedra va ushbu kafedralarda kunduzgi 19 ta taʼlim yoʼnalishida 1879 nafar, sirtqi 7 taʼlim yoʼnalishida 192 nafar talaba jami 2090 nafar talabalar tahsil olmoqda.

Bugungi kunda filialda 7 nafar fan doktori va 18 nafar fan nomzodi jami 25 nafar ilmiy darajali professor-oʼqituvchilar faoliyat olib bormoqda, joriy oʼquv yilida 1 nafar fan nomzodi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi, bundan tashqari 2 nafar assistent oʼqituvchilar yil oxiriga qadar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish uchun amaliy ishlar olib bormoqda. Filialda faoliyat olib borayotgan assistent-oʼqituvchilardan 39 nafari qishloq xoʼjaligi va boshqa sohalardagi dolzarb ilmiy mavzular asosida, yetuk kadrlar yaʼni ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchilar koʼmagida mustaqil tadqiqotchi sifatida faoliyat olib bordi. 2 nafar stajyor-tadqiqotchilar oʼz mavzularida ilmiy ishlar olib bordilar, yil yakunida filial buyicha 1 nafar fan nomzodi doktoranturaga, 9 ta assistent-oʼqituvchi tayanch doktoranturaga qabul qilindi, tadqiqotchilar tomonidan nomzodlik va doktorlik dissertatsiya himoyalari buyicha ijobiy natijalarga erishilsa yaqin yillarda filial ilmiy salohiyati keskin koʼtarilishiga umid bor.

Toshkent Davlat agrar universiteti Termiz filialida 2020 davomida 3 ta fakultet va uning 9 ta kafedrasida 19 ta kunduzgi va 7 ta sirtqi taʼlim yoʼnalishlari boʼlib, ularda 88 nafar asosiy shtat buyicha, 21 nafar ichki oʼrindoshlik asosida, 16 nafar tashqi oʼrindoshlik asosida jami 125 nafar professor-oʼqituvchilar faoliyat olib borishmoqda, ilmiy salohiyat bugungi kunda 22,7 foizni tashkil qiladi.

Filialda 2020 yil davomida sohaga oid korxona va tashkilotlar bilan 27 ta yaʼni 380 mln soʼmlik xoʼjalik shartnomalari asosida amaliy ishlar olib borildi va bugungi kunga qadar 85,4 mln soʼm mablagʼ filial hisob raqamiga tushirildi.

Fannning taʼlim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi ishlab chiqarishga joriy etish maqsadida 2020 yil 1-3 fevralь kunlari Viloyatdagi qishloq xujaligi sohasiga oid tashkilot va korxona rahbarlari, ilgʼor tadbirkor va fermer xoʼjaliklari rahbarlari hamda Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali professor-oʼqituvchilari va iqtidorli talabalar ishtirokida seminar-treninglar tashkil etildi.

2020 yil davomida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy tajriba stantsiyasida 9 nafar assitent, 1 nafar stajyor-tadqiqotchi, Paxta selektsiyasi, urugʼchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy –tadqiqot instituti Surxandaryo tajriba stantsiyasida 8 nafar assistent, 1 nafar qishloq xoʼjalik fanlari nomzodi va 1 nafar stajyor-tadqiqotchi oʼz ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib bordi, Bundan tashqari talabalar ham amaliyot darslari va sohaga oid ilmiy ishlarini ushbu tajriba stantsiyalarida doimiy ravishda amalga oshirib bormoqdalar.

Аgrobiologiya fakulьteti dekani N.Аbduraximov 2020 yil 25 fevral - 4 mart kunlari Hindiston davlatida boʼlib, USAID tashkilotining “Qishloq xoʼjaligi qiymat zanjiri” dasturi doirasida qishloq xoʼjaligi maxsulotlari yetishtirish, saqlash va qayta jarayonlari buyicha tashkil etilgan master-klass, seminar-treninglarda ishtirok etib qaytdi.

2020 yil 3 dekabrda Meva-sabzavotchilik va texnologiya fakulьteti dekani qishloq xoʼjaligi fanlari nomzodi N.Nurmatov doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Аgrobiologiya fakulьteti katta oʼqituvchisi qishloq xoʼjalik fanlari nomzodi А.Аrtiqov doktorlik dissertatsiyasi boʼyicha ilmiy seminarlardan oʼtdi, bundan tashqari filial marketing boʼlimi boshligʼi B.Normatov ham nomzodlik dissertatsiyasi yil yakuniga qadar himoya qilish borasida faol ishlar olib bormoqda.

Filialda doktorantura mavjud emas, “Yosh olimlar kengashi” doimiy faoliyat olib bormoqda.Filial direktorining 2019 yil 31 dekabrda “Oliy oʼquv yurtidan keyingi taʼlim yuzasidan mustaqil tadqiqotchilarning ilmiy ish mavzularni va ilmiy rahbarlarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 1-12-4-6/847-sonli boʼyrugʼi asosida 28 nafar mustaqil ilmiy-tadqiqotchilarning ilmiy mavzulari tasdiqlandi va ularga malakali professor-oʼqituvchilar ilmiy rahbar etib tayinlandi.

Qishloq xoʼjaligi va oziq-ovqat ilmiy-ishlab chiqarish markazining 2020 yil 28 maydagi 28-sonli buyrugʼiga asosan Davlat ilmiy-texnik dasturlari asosida Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialida faoliyat olib borayotgan assistent-oʼqituvchilar yaʼni stajyor va mustaqil izlanuvchi tadqiqotchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining ish dasturi asosida belgilangan muddatlarda toʼliq bajarilishini taʼminlash ishlari 2020 yil 12-13 iyun kunlari QXOOTIIChM boʼlim boshligʼi q.x.f.d B.Suvanov boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan aprobatsiyadan oʼtkazildi va yaxshi baholar bilan baholandi.

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali 2020 yilida 27 ta ilmiy toʼgaraklar ish faʼoliyat olib bordi, bunda 505 nafar talabalar oʼz sohasiga oid bilimlarini oshirdilar.

Respublika fanlar olimpiadalari tanloviga ishtirok etuvchi iqtidorli talabalardan tashkil topgan guruhlarni tashkil etish, tayyorlash va ishtirokini taʼminlash maqsadida Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali talabalari oʼrtasida 2020 yil davomida kafedralar ichida fan olimpiadalar oʼtqazildi. Rus tili, Ingliz tili, Oʼzbekiston tarixi, Oʼsimlikshunoslik, Аgrokimyo va tuproqshunoslik, Mevachilik va uzumchilik, Sabzavotchilik va polizchilik, Dorivor oʼsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi, Umumiy zootexniya, Kimyo, Fizika, Аxborot texnologiyalari, Matematika fanlaridan olimpiadalar oʼtqazilib talabalar ichidan eng iqtidorlilari tanlab olindi.

Filiali “Ustoz-shogird” tizimi asosida professor-oʼqituvchilarga 76 nafar talaba biriktirildi.

Fakultetlar kesimida bilim koʼrsatkichi yaxshi, eng iqtidorli 22 ta talaba tanlab olinib professor-oʼqituvchilar bilan ilmiy-tatqiqot ishlarini olib bordi.

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi “Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 176-son qaroriga muvofiq filial talabalari ham Oliy taʼlim muassasalar talabalarini gumanitar, tabiiy ilmiy va umumkasbiy fanlar boʼyicha oʼz qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, isteʼdodlarini roʼyobga chiqarishga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida tashkil etilgan Oliy taʼlim muassasalari talabalari respublika onlayn fan olimpiadasida faol ishtirok etdilar.

 

2020 yil 23 dekabr kuni Innnovatsion rivojlanish vazirligi va mahalliy hokimiyat tashabbusi bilan Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosida tashkil etilgan “Ilmiy ishlar va innovatsiyalar” yarmarkasida filial professor-oʼqituvchilari hamda iqtidorli talabalar yoshlari oʼzlarining 24 ta ilmiy ishlanma va innovatsion loyihalar bilan faol ishtirok etdilar.

Filialda 2020 yil davomida Xalqaro jurnallarda jami 110 ta, Respublika miqyosida faoliyat olib borayotgan ilmiy jurnallarida 134 ta, Respublika anjumanlarida 280 ta, xalqaro anjumanlarda 150 ta ilmiy maqola va tezislar, 4 ta darslik, 3 ta monografiya, 7 ta oʼquv qoʼllanma va 8 ta tavsiyanomalar chop etildi.

10 ta laboratoriyadan 4 tasi yangidan Osiyo taraqqiyot banki koʼmagida taqdim etilgan zamonaviy oʼquv laboratoriya uskunalari bilan jihozlandi.

Filialda yildan yilga talabalar soni ortib bormoqda, assistent-oʼqituvchilarning ham ilmiy salohiyatini oshirish, ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Kelgusida filialda faoliyat koʼrsatkichlarning yildan-yilga yaxshilanib borishiga hamda qishloq xujaligining yetuk kadrlari tayyorlanishiga ishonch bildiramiz.

 

 

 

 

// //