Qo'chqorov Astonaqul Musurmonqulovich
Lavozimi: Kafedra mudiri
Ma'lumoti: Oliy
Ilmiy darajasi: Biologiya fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni: yo’q
Telefon: +998936349898
E-mail: aquchqorov1962@mail.ru
“O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va agrotuproqshunoslik” kafedrasi haqida
MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 26 avgustdagi 132-sonli bo‘yrug‘ining 4-ilovasi bilan tasdiqlangan Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali tuzilmasiga hamda Toshkent davlat agrar universiteti rektorining 2019 yil 3 sentabrdagi TDAU Termiz filiali fakultet va kafedralarining tuzilmasiga asosan “O‘simlikshunoslik, o‘simliklar himoyasi va agrokimyo” kafedrasi negizida 2 ta, ya’ni “O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va agrotuproqshunoslik” kafedrasi hamda “Agronomiya, o‘simlikshunoslik va dehqonchilik asoslari” kafedralari yangidan tashkil etildi.
“O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va agrotuproqshunoslik” kafedrasini 2019 yil 2 sentabrdan biologiya fanlari nomzodi Qo‘chqorov Astonaqul Musurmonqulovich boshqarib kelmoqda. Kafedra Agrobiologiya fakulteti tarkibiga kiritilgan.
Kafedrada asosiy shtatda 5 nafar ilmiy darajali o‘z sohasining tajribali mutaxassis olimlari bo‘lgan professor-o‘qituvchilar - kafedra mudiri, b.f.n, O‘zRFA entomologiya jamiyati a’zosi A.M.Qo‘chqorov, q.x.f.n, dotsent, Rossiya Tabiatshunoslik akademiyasi professori X.Boltayev, q.x.f.n, katta o‘qituvchi S.Ro‘ziyev , q.x.f.n, katta o‘qituvchi A.Akbo‘tayev , q.x.f.n, katta o‘qituvchi A.Shomuratov va 7 nafar assistent o‘qituvchilar, bulardan tashqari 3 nafar tashqi o‘rindosh (shulardan 1 nafari qishloq xo‘jalik fanlari doktori, dotsent A. Xaytmuratov) va 2 nafar ichki o‘rindoshlar, hammasi bo‘lib 17 nafar malakali pedagog o‘qituvchilar samarali faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Kafedrada bugungi kunda ilmiy salohiyat 41,6 % ni tashkil etadi.
Kafedraga qarashli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
5410100 - Agrokimyo va agrotuproqshunoslik
5410300 - O‘simliklar himoyasi va karantini
5410300 - O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha)
5411500 - O‘simliklar va qishloq xo’jaligi mahsulotlari karantini