TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

Filial tarixi

18 May 2019
Ko`rildi: 0

 

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali O’zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 aprel “Oliy tahlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-sonli qarori asosida tashkil qilingan. Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialida 2 ta fakulg’tet (“Agrobiologiya” fakulg’teti, “Agrobiznes va investitsion faoliyat” fakulteti), 6 ta kafedra (“O’simlikshunoslik, o’simliklar himoyasi va agrokimyo” kafedrasi, “Meva-sabzavotchilik, uzumchilik, seleksiya va urug’chilik” kafedrasi, “Gumanitar fanlar” kafedrasi, “O’simlikshunoslik, dorivor o’simliklar va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash” kafedrasi, “Ipakchilik, tutchilik va investitsion faoliyat” kafedrasi,“Matematika va tabiiy fanlar” kafedrasi) faoliyat ko’rsatmoqda.

Filialda jami o’quv auditoriyalar soni 60 tani tashkil etib, talabalar sig’imi: 1670 nafar talabaga mo’ljallangan, ulardan 4 ta kompg’yuter sinflari va 8 ta o’quv laboratoriya, 1 ta yopiq va 1 ta ochik sport maydonlari mavjud. 4 ta auditoriya zamoiaviy o’quv-prezentatsion va multimedia vositalari bilan jihozlangan.

Filialda qishloq va suv xo’jaligi sohasi bo’yicha 13 ta bakalavriat, jumladan:
5410100 - Agrokimyo va agrotuproqshunoslik 
5410200 - Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo’yicha) 
5410300 - O’simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo’yicha)
5410400 - Qishloq xo’jaligi ekinlari seleksiyasi va urug’chiligi (ekin turlari bo’yicha)
5410500 - Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi (ekin turlari bo’yicha)
5410800 - O’rmonchilik 
5410900 - Ipakchilik va tutchilik 
5411000 - Mevachilik va uzumchilik 
5411100 - Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi
5411500 - O’simliklar va qishloq xo’jalik mahsulotlari karantini 
5411700 - Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik 
5232100 - Agrobiznes va investitsion faoliyat
5411500 - Issiqxona xo’jaligini tashkil etish va yuritish ta’lim yo’nalishlarida kadrlar tayyorlanmoqda.

Filialda talaba yoshlarning o’z ustida mustaqil ishlashi, dam olish hamda sport, sanhat va boshqa to’garak hamda kulblarda qatnashishi uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.