TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

Ilmiy tadqiqot faoliyati

15 Iyul 2019
Ko`rildi: 0

Universitetning ilmiy-tadqiqot faoliyati

  • Universitetda ilmiy-tadqiqot ishlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16- fevraldagi PF-4958-son “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limni yanada takomillashtirish to’g’risida” gi Farmoni va 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2- maydagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 304-sonli qarori asosida qabul qilingan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining hay’at qarorlarilari va buyruqlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali olib borilmoqda.
  • Fan, ta’lim va ishlab chiqarishning koorporativ hamkorligi, innovatsion va texnologik rivojlanishni boshqarish, mamlakatimizning strategik maqsadlarini ta’minlash va barcha yo’nalishlarda erkin raqobatni yo’lga qo’yish imkoniyatini beradi. Bu bir tomondan ishlab chiqarish mamlakatimizda ilm va texnologiya o’sishining dinamikasiga imkoniyat yaratsa, ikkinchi tomondan ilm va texnologiya ishlab chiqarishning rivojlanishini, hamda zamonaviylashishini ta’minlaydi.
  • Universitetda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida 2017-yilning 10-12- may kunlari Toshkent shahrida o’tkazilgan “Innovatsion g’oyalar, loyihalar va texnologiyalar X Respublika Yarmarkasi”da universitetdan 25 tadan ortiq innovatsion ishlanmalar namoyish etilib, ishlab chiqarish korxonalari bilan 92 million so’mlik xo’jalik shartnomalari imzolandi.
  • O’zbekiston  Respublikasi  Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosati, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi tomonidan yoshlarning zamonaviy texnika va texnologiyalarga bo’lgan qiziqishlarini qo’llab-quvvatlash, ularda ijodiy tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish maqsadida 2017-yilda tashkil etilgan “Yoshlarning Innovatsion g’oyalar respublika ko’rik-tanlovida “Qishloq xo’jaligi, biotexnologiya, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” yo’nalishi bo’yicha “Ekologiya va geografiya” kafedrasi yosh o’qituvchisi Kenjayev Aziz “Sho’rlangan tuproqlar unumdorligini oshiruvchi agrobiotexnologiyalar” mavzusida bajarilayotgan amaliy loyiha bilan ishtirok etib, ko’rik tanlovning g’olibi sifatida tan olindi.
  • Universitetda bugungi kunda umumiy qiymati 563 million 456 ming so’mlik 10 ta ilmiy loyiha (8 ta amaliy, 1 ta yosh olimlarning amaliy va 1 ta innovatsion) ustida 60 nafardan ortiq professor-o’qituvchi, yosh olimlar, doktorantlar, magistr va bakalavr talabalar ilmiy tadqiqot ishlarini samarali davom ettirib kelishmoqda. Loyihalarning bajarilish holati tizimli tarzda Ilmiy-texnik kengashda muhokama qilinadi va ilmiy texnik kengash qarorlari universitet Ilmiy kengashida ko’rib chiqilgan holda xulosa qilinadi. Shuningdek, loyihalarning moliyaviy mablag’i va ularning sarflanishini hisob-kitob qilish va nazorati ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha ajratilgan hisobchi tomonidan amalga oshirilmoqda.