TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

Axborot resurs markazi

13 May 2019
Ko`rildi: 0

Axborot resurs markazi   

Axborot rеsurs markazi rahbari: Japporova Rajabgul Xolboevna

Qabul vaqti: Juma, shanba 14.00 dan 17.00 gacha

Tеlеfon: +99894.267-19-58

E-mail:japparova1961@mail.ru   

 

Axborot-rеsurs markazi Ilmiy-uslubiy va axborot ma`lumot (davriy nashr) bo`limi mudirasi: Mengliqulov Shahboz

Axborot-rеsurs markazi Axborot-kutubxona rеsurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo`limi mudiri: Berdieva Yuzikjamol

Axborot-rеsurs markazi Axborot-kutubxona rеsurslari bilan xizmat ko`rsatish bo`limi mudiri: Qobilova Mavjuda

 

Axborot resurs markazi

Foydalanuvchilar soni nafarga yetdi, shundan: 69 nafari professor-o`qituvchlar, 689 nafar talabalar, qolganlarini. ARM da ARMAT dasturi asosida avtomatlashtirilgan kutubxona ish olib bormoqda. ARMAT ma`lumotlar bazasiga 17637 dan ortiq elektron katalog, 1-2 kurs kitobxonlarning elektron formulyari kirgizildi. ARM kompyuter sinflarida 20 ta kompyuter bor. Mavjud kompyuterlarning hammasi internet tarmog’iga ulangan hamda foydalanuvchilar login va parol bilan ta`minlangan.

Filial Axborot resurs markazi zamonaviy talablar asosida jihozlangan. ARMda internet tarmog`iga ulangan 20 ta kompyuterdan iborat maxsus zallar, ilmiy-uslubiy bo`lim o`z faoliyatini elektron axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimida olib bormoqda. Shuningdek ARM skaner, printer, kserakopiya texnika vositalari bilan jihozlangan. Yangi axborot texnolgiyalarining Axborot-resurs markazlariga kirib kelishi bilan ARM dagi kitobxonlarning soni keskin oshdi. Masalan ARM da jami filial bilan birgalikda 768 nafar foydalanuvchiga sifatli xizmat ko’rsatilmoqda.

 

ARM faoliyati

Filial “Axborot-resurs markazi” (ARM) foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati ko`rsatishni zamonaviy talablar asosida tashkil etish va o`z faoliyatini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlariga tayangan holda ildam zamonaviylashtirish bilan yuksak madaniy kutubxona xizmati ko`rsatish tizimini shakllantirish, shakllarini iste`molchilarga yetkazish, axborot - resurslarini iste`molchilar talablari asosida masofaviy olish va yetkazish shakllaridan foydalanish bilan aholi ehtiyojini qondirish, shuningdek, keng foydalanuvchilar ommasiga Internet xalqaro tarmog`iga chiqish imkoniyatlari bo`yicha xizmat ko`rsatish, o`quvchi va talaba-yoshlar hamda ustoz-murabbiylar uchun Respublikamizda joriy etilgan Ziyonet ta`lim portalidan iste`molchilarga o`quv, ilmiy, badiiy, ommabop adabiyotlar bilan xizmat ko`rsatishdan tashqari yangiliklarni tezkor yetkazish, matbuot va ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan ma’lumot va yangiliklarning elektron izchil foydalanishlariga qulay imkoniyatlar yaratilgan.

 

 

ARMda internet tarmog`iga ulangan 20 ta kompyuterdan iborat maxsus zal, elektron kataloglar bo`yicha xizmat ko`rsatuvchi kompyuterlashtirilgan abonement bo`limi, kompyuterlar o`rnatilgan Ilmiy metodik bo`lim elektron axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimida faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda ARM mutaxassislar dastur ba`zasiga mavjud jamg`armaning elektron katalogini kiritish ishlari olib borilmoqda. ARM fondlari yangi turdagi elektron axborot resurslari bilan boyitilmoqda. Respublika va xorijiy davlatlar kutubxonalari bazasidagi o`quv, ilmiy, badiiy, ommabop axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilmoqda. ARMning umumiy fondida 407890 yaqin adabiyotlar saqlanmoqda.

XXI asr–“Yuksak informatsion texnologiyalar” asri. Informatsion texnologiyalarning kundalik hayotdagi o`rni shunchalik yuqoriki, biz ularsiz hayotimizni tasavvur eta olmaymiz. Kelgusida ARMda ushbu xizmatlar turlari joriy etiladi

Umumiy xizmatlar:

• Kitobxonlar talabiga ko`ra axborotlar jamlamalarini tayyorlab berish.

• Elektron kataloglar xizmati.

• Kutubxona fondidagi ilmiy va ommabop jurnallar maqolalaridan nusxalar tayyorlab berish va ularni elektron shaklda taqdim qilish.

• Kitobxonlarga masofadan turib xizmat ko`rsatish, hujjatlarni (maqolalarni, turli axborot jamlamalarini, elektron kataloglarni) elektron pochta orqali iste`molchilarga yetkazib berish.

• Mediateka (SD disklarda o`quv, ta`limiy dasturlar va ma`lumotlar bazalari) xizmatlarini ko`rsatish.

• Kompyuterda ishlashni, Internetda va ma`lumotlar bazalaridan, ARMAT va boshqa avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tizimlaridan foydalanishni o`rgatish kurslari

• O`zbekistonda himoya qilingan dissertatsiyalarning avtorefaratlari. Ma`lumotlar SD va magnitli disklarda kutubxonaning lokal tarmog`i orqali yoki olimlar, aspirantlar va talabalarning buyurtmasiga ko`ra elektron pochta orqali taqdim qilish.