TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

Professor o'qituvchilarga qo'yilgan talablar

14 Dekabr 2019
Ko`rildi: 0

Oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilar tarkibining o’quv yuklamasi hamda o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va «ustoz-shogird» ishlarini belgilash
QOIDALARI

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2018 yil 8 oktyabrda 3076-son

O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 10 sentyabrdagi 20-2018-son buyrug’iga ILOVA

Oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilar tarkibining o’quv yuklamasi hamda o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va «ustoz-shogird» ishlarini belgilash

QOIDALARI

Ushbu Qoidalar O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilar tarkibining o’quv yuklamasi hamda o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va «ustoz-shogird» ishlarini belgilash qoidalarini belgilaydi.

Mazkur Qoidalar Toshkent davlat yuridik universiteti, harbiy oliy ta’lim muassasalari va O’zbekiston Respublikasi hududida o’z faoliyatini yuritayotgan xalqaro va xorijiy oliy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

  1. Oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilari tarkibi (bundan buyon matnda professor-o’qituvchilar deb yuritiladi) mehnatini normalashtirish har o’quv yili uchun professor-o’qituvchilar va kafedra mudiri tomonidan tuziladigan hamda prorektorlar bilan kelishilgan holda o’quv ishlari bo’yicha prorektor (fakultet dekani) tomonidan tasdiqlanadigan o’quv yili bo’yicha shaxsiy ish rejalariga asoslanadi.
  2. Professor-o’qituvchilarning o’quv yili bo’yicha shaxsiy ish rejasi tarkibiga o’quv yuklamasi hamda o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va «ustoz-shogird» ishlarining turlari kiritiladi. Ish turlari professor-o’qituvchilarning o’quv yili bo’yicha shaxsiy ish rejalarida to’liq va aniq aks ettirilishi kerak. Joriy o’quv yili yakunida faqat mazkur o’quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar hisobga olinadi.

O’quv yili davomida bajarilgan qo’shimcha ish turlari professor-o’qituvchilarning yillik shaxsiy ish rejalariga kiritib borilishi mumkin.

  1. Professor-o’qituvchilarning shaxsiy ish rejasi tarkibiga kiritiladigan o’quv yuklamasi hamda o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va «ustoz-shogird» ishlari:

to’liq shtatda faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilar uchun professor-o’qituvchilarning lavozimlariga qo’yilgan malaka talablari asosida;

to’liq shtatda bo’lmagan va o’rindosh sifatida faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilar uchun ularning stavkalariga muvofiq tarzda professor-o’qituvchilarning lavozimlariga qo’yilgan malaka talablari asosida;

shuningdek, mehnatga haq to’lashning soatbay shartlari asosida faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilarning o’quv yuklamasi ushbu Qoidalarga muvofiq shakllantiriladi.

  1. Professor-o’qituvchilarning o’quv yili bo’yicha shaxsiy ish rejasining bajarilishi muntazam ravishda kafedra mudiri, har semestr yakunida fakultet dekani, dekan o’rinbosarlari, fakultet tuzilmasi bo’lmagan oliy ta’lim muassasalarida o’quv bo’limi (o’quv-uslubiy boshqarma) va tegishli yo’nalishlar bo’yicha prorektorlar tomonidan nazorat qilib boriladi.

2-BOB. PROFESSOR-O’QITUVCHILARNING O’QUV YUKLAMASINI HISOBLASH

  1. Professor-o’qituvchilarning (madaniyat va san’at yo’nalishlari o’quv mashg’ulotlarida ishtirok etadigan kontsertmeysterlarning) o’quv yili bo’yicha shaxsiy ish rejasiga kiritilgan, uning asosiy qismi bo’lgan o’quv yuklamasining soatlardagi hajmi mazkur Qoidalarning 1-ilovasida nazarda tutilgan Oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilarining o’quv yuklamasi hajmini hisoblashning vaqt me’yorlarida belgilangan ish turlaridan kelib chiqib, professor-o’qituvchilarning lavozimlariga qo’yilgan malaka talablari asosida hisoblanadi.

Professor-o’qituvchilarning egallab turgan lavozimlari bo’yicha o’quv yuklamasi hajmi fakultet dekani (kafedra mudiri)ning taklifiga muvofiq oliy ta’lim muassasasining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

  1. O’quv yuklamasi bo’yicha hisoblangan soatlar hajmi oliy ta’lim muassasasining shtat birliklari sonini hamda professor-o’qituvchilarning oylik maoshlarini belgilash uchun asos bo’lmaydi.

SHtat birliklari professor-o’qituvchilarning talabalar soniga nisbati bo’yicha, oylik maoshi esa xarajatlar smetasi bo’yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida belgilanadi.

  1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Ijodiy ta’tillar berish tartibi hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan normalarga muvofiq olib borilayotgan ilmiy-metodik va ilmiy-tadqiqot ishlarini rag’batlantirish maqsadida professor-o’qituvchilarning o’quv ishlari yuklamasi hajmi kafedra yig’ilishining taklifiga asosan oliy ta’lim muassasasi kengashining qarori bilan o’zgartirilishi mumkin. Bunda professor-o’qituvchilarning tegishli o’quv yuklamasining muayyan qismi kafedraning boshqa professor-o’qituvchilarining o’quv yuklamasiga qo’shimcha ravishda taqsimlanadi.
  2. Ma’ruza mashg’ulotlari ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega bo’lgan professor-o’qituvchilar tomonidan o’tkaziladi. Zarur hollarda (ma’ruza mashg’ulotlari hajmi ko’p bo’lganda yoki professor, dotsent va katta o’qituvchilar yetarli bo’lmaganda) oliy ta’lim muassasasi Kengashining qaroriga asosan kamida 3 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo’lgan, biroq ilmiy unvon va ilmiy darajasi bo’lmagan o’qituvchilarga bir o’quv yilida 250 soatgacha hajmda ma’ruza mashg’ulotlarini o’tishga ruxsat beriladi.

Professor-o’qituvchilarning o’quv (ma’ruza, amaliy (yakka), seminar va laboratoriya) soatlari hajmi 400 soatdan kam bo’lmasligi tavsiya etiladi. Kafedraga sohaning yetakchi mutaxassislari (akademiklar va professorlar) jalb etilganda, ushbu o’quv soatlari hajmiga oliy ta’lim muassasasi Kengashi qaroriga muvofiq o’zgartirish kiritish mumkin.

3-BOB. PROFESSOR-O’QITUVCHILARNING O’QUV-USLUBIY, ILMIY-TADQIQOT VA «USTOZ-SHOGIRD» ISHLARINI BELGILASH

  1. Professor-o’qituvchilar faoliyatining o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va «ustoz-shogird» ishlari bo’yicha soatlar hajmi hisoblanmaydigan ish turlari mazkur Qoidalarning 2-ilovasida nazarda tutilgan Oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilarining o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va «ustoz-shogird» ishlari turlaridan kelib chiqib, professor-o’qituvchilarning lavozimlariga qo’yilgan malaka talablari asosida belgilanadi.

10. Professor-o’qituvchilarning o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va «ustoz-shogird» ishlari hajmi mazkur ish turlarini bajarish zaruriyatidan kelib chiqib, professor-o’qituvchilarning lavozimlariga qo’yilgan malaka talablari asosida fakultet dekani (kafedra mudiri)ning taklifiga muvofiq oliy ta’lim muassasasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

11. Professor-o’qituvchilarning ilmiy-pedagogik, ijodiy mahoratini uzluksiz oshirib borish, talabalarda chuqur nazariy bilim, amaliy va kasbiy ko’nikmalarni shakllantirish, ilm-fanga bo’lgan qiziqishni uyg’otish, ularga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, har tomonlama yetuk mutaxassis tayyorlashni nazarda tutgan holda kafedra mudiri o’qitishni ilg’or pedagogik va kompyuter texnologiyalari, yangi avlod o’quv adabiyotlari asosida tashkil etish hamda o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va «ustoz-shogird» ishlar bo’yicha aniq topshiriqlarni belgilaydi.

4-BOB. YAKUNIY QOIDA

12. Mazkur Qoidalar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qurilish vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi, Davlat soliq qo’mitasi, Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi, O’zbekiston Badiiy akademiyasi, «O’zbekiston temir yo’llari» AJ va Navoiy kon-metallurgiya kombinati Davlat korxonasi bilan kelishilgan.

 

Qoidalarga

1-ILOVA

Oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilarining o’quv yuklamasi hajmini hisoblashning vaqt

ME’YORLARI

T/r

Ish turlari

Ish turlari uchun ajratilgan vaqt me’yori

Ish turlarining bajarilganligini aniqlash

1.

O’quv (ma’ruza, amaliy, seminar, yakka va laboratoriya) mashg’ulotlarini o’tkazish.

bir akademik soat uchun – 1 soat

O’quv mashg’ulotlari o’quv rejaga muvofiq bir akademik soatdan (45 minut) yoki tanaffussiz ikki akademik soatdan (80 minut) o’tkaziladi. Bunda:

amaliy va seminar mashg’ulotlari talabalar soni, odatda, 25 nafargacha talaba bo’lgan akademik guruhlarda;

ma’ruza mashg’ulotlari, odatda, 100 nafardan oshmagan birlashgan akademik guruhlarda (potok), tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida klinik kafedralarda tsiklga kelgan guruhlarda (potok);

laboratoriya mashg’ulotlari va chet (rus) tilini o’qitish, chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanidan amaliy mashg’ulotlar, tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida tibbiy-biologik, klinikagacha bo’lgan va gigiyenik fanlar (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun) o’qitish, nofilologik yo’nalishlarda fanni chet tilida o’qitish, odatda, 12-15 nafargacha talaba bo’lgan kichik guruhlarda;

madaniyat, san’at va sport yo’nalishlarida yakka tartibdagi mashg’ulotlar, odatda, 1-10 nafargacha, ansambl mashg’ulotlarida 2-12 nafargacha talaba bo’lgan kichik guruhlarda;

tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida klinik fanlarni o’qitish, odatda, 5-10 nafargacha talaba bo’lgan kichik guruhlarda o’tkaziladi.

O’quv mashg’ulotlarining o’tkazilganligi guruh jurnalida qayd etiladi.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun o’quv mashg’ulotlarining o’tkazilganligi o’quv jurnalida qayd etiladi.

2.

YAkuniy davlat attestatsiyasi belgilangan fanlardan umumlashgan ma’ruzalar va maslahatlar o’tkazish

bitta fanga (bitta potok uchun) – 6 soat

Umumlashgan ma’ruzalar va maslahatlarning o’tkazilishi yakuniy davlat attestatsiyasini o’tkazish jadvalida qayd etiladi.

3.

Kurs ishlari va kurs loyihalariga rahbarlik qilish, ular bo’yicha maslahatlar berish.

bir kurs ishi uchun – 2 soat;

bir kurs loyihasi uchun – 3 soat.

Bir professor-o’qituvchi bir semestr davomida, odatda, 50 nafargacha talabaga (ko’pi bilan 1-2 ta akadem guruh talabalariga) kurs ishi (loyihasi) berishi mumkin.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun o’quv rejada ko’rsatilgan fanlar bo’yicha o’tkaziladi.

4.

Kurs ishi (kurs loyihasi) himoyasini o’tkazish.

bir kurs ishi himoyasi uchun – 0,4 soat;

bir kurs loyihasi himoyasi uchun – 0,6 soat.

Bunda professor-o’qituvchining bir kunlik ish soati hajmi 8 soatdan oshmasligi lozim.

Kurs ishi (loyihasi) himoyasida kamida 2 nafar professor-o’qituvchi ishtirok etadi. Jami soatlar himoyada ishtirok etgan professor-o’qituvchilar soniga bo’linadi va ular o’rtasida teng taqsimlanadi.

Professor-o’qituvchining kurs ishi (loyihasi) himoyasini o’tkazishda ishtirok etishi tegishli qaydnomalarda aks ettiriladi.

5.

YAkuniy davlat attestatsiyasini o’tkazish.

yozma ish shaklida bir akadem guruh uchun – 3 soat;

og’zaki shaklda bitta talaba uchun – 0,2 soat, ijodiy ishlarda bitta talaba uchun – 0,3 soat;

yozma ish (ijodiy ish)ni tekshirish uchun har bir ishga – 0,2 soat;

test shaklida bitta akadem guruh uchun – 1 soat.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida klinikagacha bo’lgan integrallashgan imtihon va bemorda o’tkazilgan klinik imtihon bo’yicha bir nafar talaba uchun – 0,5 soat (integrallashgan attestatsiya uchun).

YAkuniy davlat attestatsiya komissiyasi raisiga komissiyaning bitta a’zosi uchun beriladigan jami soatga qo’shimcha ravishda 20% qo’shiladi.

Komissiya a’zolariga beriladigan bir kunlik o’quv yuklamasi hajmi 8 soatdan oshmasligi lozim.

Bir potok (akadem guruh)da yozma ish o’tkazish jarayonida ishtirok etgan komissiyaning har bir a’zosi (kuzatuvchi professor-o’qituvchi)ga 3 soatdan beriladi.

Og’zaki shaklda o’tkazilgan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari jami soati unda ishtirok etgan komissiyaning har bir a’zosiga beriladi.

YOzma ish shaklida o’tkazilgan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining jami soati yozma ishni tekshirishda ishtirok etgan komissiya a’zolari umumiy soniga bo’linadi hamda komissiya a’zolariga teng taqsimlanadi.

Test shaklida o’tkazilgan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari jami soati unda ishtirok etgan komissiyaning har bir a’zosiga beriladi.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida klinikagacha bo’lgan integrallashgan imtihon va bemorda o’tkazilgan klinik imtihonda jami soatlar imtihon olishda ishtirok etganlar orasida teng taqsimlanadi.

YAkuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish tegishli buyruq va qaydnomalarda aks ettiriladi.

YAkuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi tarkibini oldindan aniqlash imkoniyati bo’lmagan taqdirda, komissiya a’zolari (kuzatuvchi professor-o’qituvchi)ga komissiya o’z ishini tugatgandan so’ng, soatbay haq to’lanadi.

Bunda ushbu soatbay ish turi professor-o’qituvchining yillik shaxsiy ish rejasiga kiritilmaydi.

6.

Namunaviy o’quv dasturlarida ko’zda tutilgan nazorat, hisoblash va hisob-grafik ishlarini tekshirish, maslahatlar berish, taqriz yozish va qabul qilish. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida klinik fanlarni o’qitishda ishchi o’quv dasturlarida ko’zda tutilgan kasallik tarixlari va ekspertiza bayonnomalarini tekshirish, maslahatlar berish va qabul qilish.

bitta topshiriq uchun – 0,3 soat,

biroq bitta fanga ko’pi bilan – 1 soat.

Bitta kasallik tarixi va ekspertiza bayonnomasi uchun – 0,5 soat

Bir professor-o’qituvchiga kafedra qaroriga asosan ko’pi bilan 3 tagacha akademik guruh talabalari biriktiriladi.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida kasallik tarixi tegishli kafedrada bir yil davomida saqlanadi.

Mazkur ishlarning bajarilishi talabalarni baholash jurnallarida aks ettiriladi.

7.

Oraliq va yakuniy baholashlarni o’tkazish, shuningdek talabaning qoldirgan (o’zlashtirmagan) darslarini qayta topshirishini qabul qilish.

fan bo’yicha oraliq baholashlarda jami har bir talaba uchun – 0,2 soat;

yakuniy baholashda har bir talaba uchun – 0,3 soat.

Qoldirilgan (o’zlashtirilmagan) darslarni qayta topshirishni qabul qilishda har bir talaba uchun – 0,3 soat. Bunda bir o’quv semestri davomida bir professor-o’qituvchiga ko’pi bilan 20 soat beriladi.

Semestr davomida bitta fandan ko’pi bilan 2 tagacha oraliq baholash o’tkaziladi. Bunda modul tizimida o’qitilmayotgan va hajmi (umumiy auditoriya soati) semestr davomida haftasiga to’liq 2 akademik soatdan (tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida 4 akademik soatdan) kam bo’lgan fanlardan oraliq baholash o’tkazilmaydi.

Oraliq va yakuniy baholashlar o’tkazilishi tegishli jadvallarda aks ettiriladi.

YOzma ishlar natijalari e’lon qilingandan so’ng 6 oy davomida saqlanadi.

Baholashlar jadvali (grafigi) semestr boshlangan muddatda talabalarga professor-o’qituvchi tomonidan e’lon qilinadi.

Darslarni qayta topshirish tegishli jurnal yoki qaydnomalarda aks ettiriladi.

8.

Bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalari amaliyotiga rahbarlik qilish, ularning hisobotlarini tekshirish va baholash.

Malakaviy amaliyot o’tayotgan har bir talaba uchun bir ish kuniga – 0,5 soat. Bunda:

o’quv amaliyotiga rahbarlik qilish 1 akadem guruh uchun bir ish kuniga – 6 soat;

ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotga rahbarlik qilish:

agar ishlab chiqarish va pedagogik amaliyot o’talayotgan tashkilot oliy ta’lim muassasasi joylashgan hudud doirasida bo’lsa, bir ish kuniga 1 akadem guruh uchun – 3 soat;

agar ishlab chiqarish va pedagogik amaliyot o’talayotgan tashkilot oliy ta’lim muassasasi joylashgan hudud doirasida bo’lmasa, amaliyotga rahbarlik qilish bir ish kuniga – 6 soat.

Individual holda o’tkaziladigan amaliyotlarda butun amaliyot davriga bir talaba uchun – 2 soat.

Mazkur ish turi bo’yicha professor-o’qituvchining soatlari hajmi o’quv ishlari yuklamasining 20% idan oshmasligi lozim.

Mazkur ishlarning bajarilganligi amaliyot o’tash bo’yicha oliy ta’lim muassasasi buyrug’i, talabaning amaliyot kundaligi va amaliyot uchun baho qo’yilgan tegishli qaydnomalar asosida aniqlanadi.

9.

Bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalarining bitiruv malakaviy ishiga (diplom loyihasi, diplom ishi) rahbarlik qilish, xulosalar yozish.

bir o’quv yiliga har bir talaba uchun – 25 soat, texnik yo’nalishlarda har bir talaba uchun 30 soat

Bir o’quv yilida bitta professor-o’qituvchiga 7 nafargacha talaba biriktiriladi. Professor-o’qituvchining bitiruv malakaviy ishiga (diplom loyihasi, diplom ishi) rahbarlik qilganligi, xulosalar yozganligi oliy ta’lim muassasasi buyrug’i, yozilgan xulosa va ishning himoyaga taqdim etilganligi asosida aniqlanadi.

10.

Talabalarning bitiruv malakaviy ishi (diplom loyihasi, diplom ishi, magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi bo’yicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasida ishtirok etish.

bir bitiruv malakaviy ishi (diplom loyihasi, diplom ishi) uchun – 0,4 soat;

bir magistrlik dissertatsiyasi uchun – 0,8 soat.

Professor-o’qituvchiga beriladigan bir kunlik o’quv ishlari yuklamasi hajmi, odatda, 8 soatdan oshmasligi lozim.

A’zolarning yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasidagi ishtiroki oliy ta’lim muassasasi buyrug’i hamda himoya natijalari to’g’risidagi qaydnomalar asosida aniqlanadi.

Jami soat yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasida ishtirok etgan har bir a’zoga beriladi.

Bir YADAK yig’ilishida 4 tagacha magistrlik dissertatsiyasi, 8 tagacha BMI himoyasiga ruxsat beriladi.

YAkuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi tarkibini oldindan aniqlash imkoniyati bo’lmagan taqdirda, komissiya a’zolariga komissiya o’z ishini tugatgandan so’ng, soatbay haq to’lanadi.

Soatbay ish turi professor-o’qituvchining yillik shaxsiy ish rejasiga kiritilmaydi.

11.

Magistratura talabalarining ilmiy pedagogik faoliyati va amaliyotiga rahbarlik qilish. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun klinik ordinatorlarning o’quv va klinik amaliyotiga rahbarlik qilish.

bir o’quv yiliga bitta talaba uchun – 50 soat. Bir o’quv yiliga bitta klinik ordinator uchun – 50 soat.

Professor yoki fan doktori 5 nafargacha, dotsent, fan nomzodi va mutaxassis 3 nafargacha talabaning ilmiy pedagogik faoliyati va amaliyotiga rahbarlikni amalga oshirishi mumkin. Professor, fan doktori, dotsent, fan nomzodi va mutaxassis 4 nafargacha klinik ordinatorning o’quv va klinik amaliyotiga rahbarlikni amalga oshirishi mumkin.

Talabaning ilmiy pedagogik faoliyatiga rahbarlik qilganlik talabaning kalendar ish rejasidagi topshiriqlarni bajarishi bilan aniqlanadi. Amaliyotga rahbarlik qilganlik oliy ta’lim muassasasining amaliyot o’tash bo’yicha buyrug’i, talabaning amaliyot kundaligi va amaliyot uchun baho qo’yilgan tegishli qaydnomalar asosida aniqlanadi.

12.

Magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi va ilmiy-tadqiqot ishiga rahbarlik (ilmiy maslahatchilik) qilish.

bir o’quv yiliga bitta talaba uchun – 50 soat.

Professor yoki fan doktori 5 nafargacha, dotsent, fan nomzodi va mutaxassis 3 nafargacha talabaning magistrlik dissertatsiyasi va stajirovkasiga (ilmiy maslahatchilik) rahbarlikni amalga oshirishi mumkin. Mazkur ish turining bajarilganligi oliy ta’lim muassasasi buyrug’i, talabaning kalendar ish rejasi va magistrlik dissertatsiyasining himoyaga taqdim etilgani asosida aniqlanadi.

13.

Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni, shuningdek magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklari qabuli jarayoni

OTMga murojaat

Nashrlar

Universitet haqida


Fatal error: Uncaught yii\web\HeadersAlreadySentException: Headers already sent in /home/tsautbuz/public_html/vendor/yiisoft/yii2/web/Response.php on line 414. in /home/tsautbuz/public_html/vendor/yiisoft/yii2/web/Response.php:366 Stack trace: #0 /home/tsautbuz/public_html/vendor/yiisoft/yii2/web/Response.php(339): yii\web\Response->sendHeaders() #1 /home/tsautbuz/public_html/vendor/yiisoft/yii2/web/ErrorHandler.php(135): yii\web\Response->send() #2 /home/tsautbuz/public_html/vendor/yiisoft/yii2/base/ErrorHandler.php(262): yii\web\ErrorHandler->renderException(Object(yii\base\ErrorException)) #3 [internal function]: yii\base\ErrorHandler->handleFatalError() #4 {main} thrown in /home/tsautbuz/public_html/vendor/yiisoft/yii2/web/Response.php on line 366