TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

TOSHKЕNT DAVLAT AGRAR UNIVЕRSITЕTI TЕRMIZ FILIALIDA “OCHIQ ESHIKLAR” KUNI

12 Fevral 2021
Ko`rildi: 327

TOSHKЕNT DAVLAT AGRAR UNIVЕRSITЕTI TЕRMIZ FILIALIDA “OCHIQ ESHIKLAR” TADBIRLARI BOSHLANDI... .
TDAU Termiz filialida yangi 2021/2022 o‘quv yili uchun mahalliy yoshlarni o‘qishga keng jalb etish bo‘yicha “Ochiq eshiklar” tadbirini o‘tkazish reja-grafigi ishlab chiqildi va Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlarini 2020/2021 o‘quv yili bo‘yicha bitiruchilari (ularning ota-onalari)ga qabul jarayonlari hamda TDAU Termiz filialida yaratilgan shart-sharoitlarni yaqindan tushuntirish maqsadida hududlarga mas’ullar biriktirildi.
Shu munosabat bilan Qiziriq tumanidagi 9-maktabning 37 nafar bitiruvchi o‘quvchilari filialga tashrif buyurdi hamda ular bilan TDAU Termiz filiali direktori iqtisod fanlari doktori, professor A.S.Jo‘rayev uchrashib, suhbatlashdi.
Shuningdek, qabul jarayonlari ma’lumotlari, talabalar tahsil olishlari va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha filialda yaratilgan shart-sharoitlar bilan o‘quvchi-yoshlar batafsil tanishtirildi.

// //