TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

USAIDning AVC "Qishloq xo‘jaligida qiymat zanjirini rivojlantirish" loyihasi vakili janob Skott Xedland TDAU Termiz filialiga tashrif buyurdi.

25 Fevral 2021
Ko`rildi: 301

Tashrifni dastlab filialimizda USAID tomonidan qurilib berilgan 40 tonna qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlaydigan sovutgich inshoatini bilan tanishishdan boshladi. Shundan so‘ng USAID qoshidagi “SOUTH AGRO GOLD” to‘garagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi va talabalar bilan ularni qiziqtirgan savollar yuzasidan o‘rtoqlashdi. Tadbir davomida iste’dodli talaba qizlar tomonidan milliy raqs namoyishlari hamda ingiliz tilida qo‘shiq kuylab berildi. Tadbirdan so‘ng TDAU Termiz filiali rahbari prof. A.Jo‘rayev tomonidan USAID tashkiloti rahbariga o‘z minnatdorchiligini izhor qilib, ularga estalik sovg‘alarini ulashdi.

 

 

 

// //