TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

TDAU Termiz filiali direktori professor A.S.Jo‘raev Qumqo‘rg‘on tumanidagi 53 va 76-umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tashrif buyurdi.

16 Aprel 2021
Ko`rildi: 67

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali direktori, iqtisod fanlari doktori, professor A.S.Jo‘raev joriy yilning 16 aprel kuni Qumqo‘rg‘on tumanidagi 53 va 76-umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tashrif buyurdi. O‘quv-uslubiy ko‘mak berish uchun TDAU Termiz filialiga biriktirilgan mazkur maktablarni joriy o‘quv yilida bitiruvchi o‘quvchi yoshlari bilan mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirilishi, ular uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imtiyozlar mavzusida samimiy suhbat tashkil etildi.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida A.Jo‘raev TDAU Termiz filiali huzuridagi Qumqo‘rg‘on agrotexnologiyalari texnikumida bo‘lib, dars jarayonlari bilan tanishdi, hududni obodonlashtirish bo‘yicha mas’ullarga o‘z ko‘rsatmalarini berdi. Texnikum jamoasi bilan bo‘lgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan yoshlarning bandligi va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor tafsilotlari batafsil so‘zlab berildi hamda "Bir ziyoli - bir mahallaga ma’naviy homiy" tamoyili bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha kelishib olindi.

// //