TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

"Yong‘inlar profilaktikasi kuni"

21 Aprel 2021
Ko`rildi: 26

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 may kunidagi "Ichki ishlar organlari yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-2992-sonli qarorining 6-bandi talablari ijrosini ta’minlash maqsadida xizmat hududlarida haftaning xar chorshanba kuni "Yong‘inlar profilaktikasi kuni" o‘tkazilishi belgilab berilgan edi. Shu munosabat bilan Termiz tuman Favqulotda vaziyatlar bo‘limi boshliq va hodimlari TDAU Termiz filialiga profilaktik tadbir o‘tkazish maqsadida tashrif buyurishdi. Tadbirni filial direktori professor. A.Jo‘raev kirish so‘zi bilan ochib berib, ijarada va yotoqxonada istiqomat qiluvchi talabalarga gaz va elektr-energiyadan foydalinishda xushyor bo‘lishini takidlab o‘tdi. Shundan so‘ng Termiz tuman FVB bo‘lim boshlig‘i mayor E.M.Halimov so‘zga chiqib aholi turar joylarida va hamda ob’ektlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, fuqarolarning is gazidan zaxarlanishi va boshqa noxush xolatlarni oldini olish borasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar xaqida gapirib o‘tdi. Tadbir so‘ngida o‘t o‘chirish bo‘linmasi hodimlari tomonidan turli o‘t o‘chirish moslamalarining ishlash prinsiplari haqida talabalarga ko‘rsatib berildi. Tadbir barchani xushyorlikka davat etdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi...

Batafsil...

// //