TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

AQShning O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Deniel Rozenblyum TDAU Termiz filialiga tashrif buyurdi.

27 Aprel 2021
Ko`rildi: 358

AQSHning O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Deniel Rozenblyum TDAU Termiz filialiga tashrif buyurdi. Yuqori martabali mehmonni filial direktori, professor A.S.Jo‘rayev kutib oldi. Elchi tashrifni dastlab filialimizda AQSHning USAID tashkilotining (qishloq xo‘jaligida qiymat zanjiri) loyihasi doirasida qurilib berilgan 40 tonna sig‘imga ega bo‘lgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlaydigan sovutgich inshootini tanishishdan boshladi. Sovutgich inshootida amaliy mashg‘ulotlar olib borayotgan talaba yoshlar bilan suhbatlashdi. Shundan so‘ng, TDAU Termiz filiali Agrobiologiya fakultetida USAID tomonidan jihozlangan xonada taqdimot tashkil etildi. Taqdimot davomida Agrologistika va biznes fakulteti 2-bosqich talabasi Berdimuratov Murodjon ingliz tilida USAID tashkilotining (qishloq xo‘jaligida qiymat zanjiri) loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimot namoyish etdi. Taqdimotdan so‘ng talabalar AQSHda ta’lim olish imkoniyatlari va talabalar almashinuv dasturlari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi.

Batafsil...

 

 

// //