TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali direktori, professor Jo‘rayev Abdug‘affor Safarovichning Ramazon xayiti bayram tabrigi.

13 May 2021
Ko`rildi: 69

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali direktori, professor Jo‘rayev Abdug‘affor Safarovichning filial jamoasiga  Ramazon xayiti  bayram tabrigi.

Assalomu alaykum hurmatli ustozlar va aziz hamkasblar! Barchangizni butun musulmon olamida keng nishonlanadigan  xayit bayrami bilan chin yurakdan tabriklayman. Bugungi butun dunyo aholisiga havf solib turgan karonavirus pandemiyasi sharoitida siz azizlar bilan sog‘-omon, yelkadosh bo‘lib ishlayotganimdan baxtiyorman.
 Aziz jamoadoshlar! Garchi filialimiz jamoasi kichik bo‘lsada ulkan marralarni maqsad qilib katta yo‘lga chiqdik. Shunday qutlug‘ kunda rejalashtirgan barcha vazifalarimizni vijdonan bajarsak, o‘ylagan niyatlarimiz ham ro‘yobga chiqadi. Bu yo‘lda sizlarga yaratgandan mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, omad va baxt tilab qolaman.
 Xayit bayramingiz yana bir bora muborak bo‘lsin!

// //