TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

“Milliy taomlar va milliy o‘yinlar” festivali o‘tkazildi.

26 May 2021
Ko`rildi: 60

 26.05.2021 yil Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialida talaba hamda uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Milliy o‘yinlar – salomatlik garovi” shiori ostida Direktor kubogi uchun “Milliy taomlar va milliy o‘yinlar” festivali o‘tkazildi. Festivalda ta’lim muassasasi talabalari bilan Termiz tumanida joylashgan “Yangiobod”, “Nurafshon”, “Yangier”, “Orol”, “Xalqabod”, “At-Termiziy”, “Qo‘ng‘irot” mahalla fuqarolar yig‘inlaridan 100 dan ortiq uyushmagan yoshlar ishtirok etishishi tadbirning yanada ajoyib o‘tishiga sabab bo‘ldi. Tadbirda viloyat va respublikadan kelgan san’atkorlar tomonidan kuylangan sho‘x kuy-qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi. Qizg‘in va murosasiz kechgan tanlovlarda g‘olib va sovrindorlar filial rahbariyatining diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

// //