TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

Surxondaryoda yangi institut tashkil etiladi.

01 Iyun 2021
Ko`rildi: 18

Surxondaryoda yangi institut tashkil etiladi

O‘tish davri - kurash davri. Hayotimizni o‘zgartirish, dunyo bozorida o‘rnimizni topish uchun kurashishimiz, manfaat beradigan ishni qilishimiz kerak. Asosiy maqsadimiz - oilalarning daromadini ko‘paytirish. O‘zi mehnat qilib, natijaga erishgan oila barakali bo‘ladi, sog‘lig‘iga qaraydi, farzandlarini yaxshi o‘qitadi. Bilimli bolalar kelajakda o‘z yo‘lini topib oladi, - dedi Prezident.

Shu yerda Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali tadqiqotchilari bilan muloqot bo‘ldi.

- Bizda anorchilik bo‘yicha an’ana bor, lekin ilm yo‘q, kitob yo‘q, laboratoriya yo‘q. Anor jaydari usulda yetishtirilyapti. Kasallikdan himoya qilishni hamma ham bilmaydi. Eng katta narsa - nav kerak. Keyin shu navni xonadonlarga kirgazish zarur, - dedi Shavkat Mirziyoev.

Surxondaryoda qishloq xo‘jaligini innovatsion yo‘naltirish bo‘yicha institut tashkil etish, anor bilan birga limon, xurmo yetishtirishni ko‘paytirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

// //