TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

“BIR ZIYOLI- BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY”

13 Iyul 2021
Ko`rildi: 212

Toshkent Davlat Agrar Universiteti Termiz filiali “Agrobiologiya” fakulteti “Agronomiya, qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi ” kafedrasi professor o‘qituvchilari “BIR ZIYoLI- BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY” tamoyili asosida Termiz tumani “Namuna” Mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurishdi. O‘qituvchilarni iliq kutib olgan Namuna MFY raisasi D. Muxammatova mahalladagi olib borilayotgan yoshlar bandligini ta’minlash va temir daftarga kirgan oilalar ahvoli xaqida ma’lumot berib o‘tdi. Shundan so‘ng mahalladagi tomorqa yer egalariga professor-o‘qituvchilar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi. Mahalladagi temir daftarga kirgan va uyushmagan yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida 30 ga yaqin yoshlarga 20 sotixdan yer ajratilganligi ma’lum bo‘ldi va professor-o‘qituvchilar tomonidan uyushmagan yoshlarga ilmiy maslahatlar berildi. Mahalla va professor-o‘qituvchilar o‘rtasidagi hamkorlik davom etadi....

// //