TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

Filial ilk bitiruvchilariga diplom topshirildi....

15 Iyul 2021
Ko`rildi: 353

Filial ilk bitiruvchilariga diplom topshirildi....

Joriy yilning 15 iyul sanasida filialimiz 4-bosqich talabalariga diplomlar topshirildi. Marosimni ochib bergan filial direktori, professor Abdug‘affor Jo‘raev filialning ilk bitiruvchi talabalarini tabriklab bundan keyingi o‘qish va ishlarida ulkan muvaffaqiyat tilab, mamlakatimiz kelajagi uchun yetuk kadrlar sifatida faoliyat yuritishlari tiladi.

Shundan so‘ng tadbirning eng qizg‘in pallasi, ya’ni tadbirga yig‘ilgan iqtidorli talabalar hamda professor o‘qituvchilar ishtirokida tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek ushbu tadbir hozirgi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib ZOOM platformasi orqali onlayn translyatsiya qilinib, bevosita filial bitiruvchi talabalari, ularning ota - onalari va professor-o‘qituvchilar tomonidan kuzatib borildi.

Diplom topshirish marosimidan so‘ng bir qator talaba yoshlar o‘z xursandchiliklari va ustozlarga bo‘lgan minnatdorchiliklarini bildirdilar. Tadbirda Surxondaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i ham bevosita ishtirok etib, talabalarga o‘z tabriklarini yo‘llab, ustozlik maslahatlarini berdi. Tadbir davomida ZOOM platformasi orqali bir qator talabalar va ularning ota onalari o‘z tabrik va minnatdorchiliklarini yo‘lladi.

Tadbir tabrik va qutlovlarga boy o‘tdi. Tadbir so‘ngida filial direktori Abdug‘affor Jo‘raev yana bir bor so‘z olib, bugungi filialning birinchi qaldirg‘ochlariga kelajakdagi faoliyatlariga omad va zafarlar tilab, filial jamoasi nomidan ularni mustaqil hayotga kuzatishdek sharafli va ma’suliyatli ishni ado etayotganligidan chuqur minnatdorchilik izhor etdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

// //