TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

E'LON !!!

11 Avgust 2021
Ko`rildi: 339

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali bo‘yicha magistratura mutaxassisliklariga 2021/2022 o‘quv yilida kirish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining magistr.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn hujjat topshirgan abiturientlar diqqatiga!
Magistratura mutaxassisliklariga 2021/2022 o‘quv yili qabulida maxsus fanlar bo‘yicha sinov imtihonlarini topshirish muddati 2021 yil 16 avgust kuni soat 9:00 etib belgilandi! Shu munosabat bilan, abiturientlar shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda qayd varaqasi bilan 2021 yil 16 avgust kuni soat 8-00 ga qadar imtihon topshirish hududi (Termiz tumani, “Yangiobod” mahallasi)ga yetib kelishlari so‘raladi.

Belgilangan muddatdan kech qolgan, shuningdek imtihonlarga kitob, uyali telefon, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar (shpargalkalar) olib kirishga harakat qilgan abiturientlar imtihonlarga qo‘yilmaydi. Imtihon vaqtida materiallarni boshqa abiturientga uzatish, yordam berish hamda bir-biri bilan gaplashish kabi holatlar abiturientlarni imtihondan chetlashtirilishiga asos bo‘ladi!

// //