TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

Yangi o'quv yili boshlandi...

06 Sentyabr 2021
Ko`rildi: 92

Mana bugun 6-sentyabr dushanba tongidan 2021-2022-o'quv yiliga start berildi. Shu munosabat bilan bizning TDAU Termiz filialida ham talabalar o'quv yilining boshlanishi hamda 1-kursga qabul qilingan talabalarni tabriklash maqsadida tadbir tashkil qilindi. Tadbirda filial direktori, professor A.Jo'rayev so'zga chiqib yangi o'quv yili boshlanishi munosabati bilan talabalarga o'quv jarayonlariga omad tilab, 1-kursga qabul qilinganlarni talabalik safiga qabul qilinganligi bilan tabriklab o'tdi.

Shundan so'ng filial professor-o'qituvchilari va bir qator ota-onalar so'zga chiqib, 1-kursga qabul qilingan talabalarni tabriklab o'tdi. 

Tadbirdan so'ng barcha talabalarga Mustaqillik darslari o'tish uchun ruxsat berilib auditoriyalarga kuzatildi.

 

// //